Oltiariqda Yer tuziş va köçmas mulk kadastri mutaxassisi fuqarodan 30 000 AQŞ dollari talab qildi. Bu haqda Kun.uz’ga Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilişiça, mahkama huzuridagi Departamentning Farğona viloyat boşqarmasi, DXX viloyat boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda «Yer tuziş va köçmas mulk kadastri» davlat korxonasi Oltiariq tuman filiali mutaxassisi E.M. va boşqalar oldindan til biriktirib, fuqarolar O.N. va F.T.larning işonçiga kirib, «M» fermer xöjaligiga tegişli takroriy ekindan böşagan 5 gektar yer maydonini fuqaro O.N.ning nomiga boğdorçilik yönalişi uçun ajratib beriş va tuman hokimining qarorini çiqartirib beriş evaziga 30 000 AQŞ dollari talab qilib, şundan, 22 000 AQŞ dollari va 28,5 mln. söm pullarni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan «Yer tuziş va köçmas mulk kadastri» davlat korxonasi Oltiariq tumani filiali 2-toifali mutaxassisi E.M. va boşqalarga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












