Prezident Şavkat Mirziyoyev Kadastr agentligi faoliyatini yangiça yondaşuvlar asosida taşkil etiş, aholi va tadbirkorlarga körsatilayotgan xizmatlarni soddalaştiriş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Sönggi ikki yilda 1 million 200 mingdan ortiq köçmas mulk ob’yekti xatlovdan ötkazildi. Natijada qöşimça 16,5 ming gektar yer va 49 million kvadrat metr quriliş maydoni aniqlandi.
Aniqlangan ob’yektlarning 270 mingtasi kadastr bazasiga kiritilib, byudjyet uçun yiliga 315 milliard sömlik qöşimça soliq bazasi yaratildi. Kadastr xizmatlarining 90 foizi onlayn şaklda körsatilmoqda.

Şu bilan birga, sohada aholi va tadbirkorlarni öylantirayotgan muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi.
Joriy yilning birinçi yarmida kadastr xizmatlaridan foydalaniş böyiça 1 milliondan ortiq ariza kelib tuşgan bölsa, ularning 330 mingtasi yoki 30 foizi rad etilgan. Ya’ni amalda har uçta arizadan bittasi qanoatlantirilmagan.
Bunday holatlar fuqarolarning ortiqça vaqt va mablağ sarflaşiga, masalasini hal qiliş uçun yana boşqa idora yoki şaxslarga murojaat etişiga sabab bölib, korrupsiyaviy xavflarni ham kuçaytirmoqda.
Xizmatlarni raqamlaştiriş jarayonida barça qarorlarni markazlaşgan tartibda qabul qiliş amaliyoti şakllangani ham aholi uçun ortiqça tösiqlarni yuzaga keltirgan.
Xususan, noturar ob’yekt toifasini özgartiriş uçun viloyat yoki respublika darajasidagi taşkilot roziligi talab qilinmoqda. Bitta masalani hal qiliş uçun fuqarolardan bir neça marta ariza topşiriş va har bir ariza uçun alohida tölov qiliş söralmoqda.
Masalan, bitta hovlini aka-uka örtasida böliş uçun törtta, bitta merosni uç qismga ajratiş uçun esa oltita ariza talab qilinadi. Bitta ariza tuman, viloyat va respublika darajasida 30-50 ta bosqiçda körib çiqilib, jarayon örtaça 15-20 kunga çözilmoqda.
Yer nazorati sohasida jinoiy va ma’muriy javobgarlik çoralari kuçaytirilgani ijobiy natija berayotgani qayd etildi. Biroq jarimalarni oşiriş bilan çeklanmasdan, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etiş va fuqarolarni qonuniy faoliyatga qaytarişga qaratilgan mexanizmlarni joriy qiliş zarurligi ta’kidlandi.

















