Prezident Şavkat Mirziyoyev kadastr tizimini isloh qiliş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Taqdimotda respublika darajasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kamida 30 foizini tumanlarga ötkaziş, şuningdek, respublika, viloyat va tuman darajasidagi Kadastr palatasi hamda xizmat körsatiş tuzilmalarini birlaştiriş nazarda tutilgan.

Tuzilmaviy özgarişlar jarayonida aholiga qulaylik yaratiş maqsadida bir hafta içida «Kadastr maslahat burçagi» va «Tezkor kadastr» xizmatlarini yölga qöyiş vazifasi belgilandi.

Şuningdek, köçmas mulkka bölgan huquq yuzaga kelganda ariza avtomatik ravişda şakllantirilib, fuqarolarga proaktiv xizmat körsatiladi. Bu orqali har yili 1 million 200 ming nafar arizaçining vaqti va mablağini tejaş rejalaştirilgan.

Islohotlar doirasida kadastrga oid barça xizmatlarni bitta ariza asosida körsatiş tizimi ham joriy etiladi. Natijada yiliga 200 mingdan ortiq ortiqça ariza rasmiylaştirişga ehtiyoj qolmaydi.

Bundan taşqari, köçmas mulkka bölgan huquqni davlat röyxatidan ötkaziş jarayoni töliq onlayn şaklga ötkaziladi. Buning natijasida har yili 500 mingga yaqin arizani amaldagi 10–15 kun örniga bir neça soniya içida röyxatdan ötkaziş imkoniyati yaratiladi.