54 yoşli ayol bu muammo böyiça Kun.uz tahririyatidan yordam sörab, murojaat qildi.

Xosiyat Matkarimova turmuşidan erta ajralib, bir öğlini yolğiz tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Kelini Rossiyada fojiali tarzda hayotdan köz yumganidan söng qaramoğida ikki nabirasi qolgan. Öğli yil böyi Rossiyada işlayapti. Xosiyat opa deyarli 30 yildan beri öqituvçilik qiladi. Ayni paytda akasiga tegişli bölgan, Pitnak qişloği, «Sayapir» mahallasi, Paxtazor köçasidagi uyda nabiralari bilan yaşayapti.

2004 yilda Xosiyat opaning otasi Bozor Matkarimov vafot etib, öziga tegişli bölgan eski uyni unga meros qilib qoldirgan. Bu haqda notarius tomonidan tasdiqlangan vasiyatnoma bor. Ammo Xosiyat Matkarimova bu hujjatga asosan uyni öz nomiga vaqtida rasmiylaştirib, egalik huquqini olmagan. Bunga huquqiy bilimsizligi sabab bölganini, bugungi kunda bu xatosi öziga pand berayotganini afsuslanib tan olmoqda.

2016 yilda Xosiyat Matkarimova eski uyni buzib, örnida yangisini quriş uçun Hazorasp tumani hokimligidan rasmiy ruxsat oladi.

«Eski uyning örnida yangisini quriş uçun ruxsat oldim. Keyin buzib, yerni tekislatdim, yangisini quriş uçun tayyor holatga keltirib qöydim. Biroq, yöqligimdan foydalanib, kimdir menga tegişli bölgan hududda quriliş işlarini boşlab yuborgan. Keyin bilsam, qöşnim Orzigul Ismoilova ekan. Hokimlikka borib arz qilganimdan söng, prokuratura, soliq idoralari xodimlari kelib, noqonuniy qurilişni töxtatişni talab qilişdi. Ammo heç kim ularning gapiga quloq solmadi, quriliş işlari töxtamadi», - deydi Xosiyat opa.

Murojaatni örganiş jarayonida ma'lum böldiki, Orzigul Ismoilova Hazorasp tumani hokimligiga ariza bilan murojaat qilib, şu joyga egalik huquqi haqidagi qarorni çiqartirib olişga harakat qiladi. Tuman arxitektura bölimi esa mahalla fuqarolar yiğini bayonnomasiga asoslanib, bu haqda hokimlikka taqdimnoma beradi.

2016 yil 11 sentabr kuni ötkazilgan mahalla fuqarolar yiğini majlisi bayonnomasiga köra, unda Orzigul Ismoilovaning toğasi Saparboy Ismoilov sözga çiqib, Orzigulning uyi öşa paytda Bozor Matkarimovning uyi bilan almaştirilganini iddao qilgani, uning gaplarga tayanib, yiğiliş Xosiyat Matkarimovaga tegişli bölgan uyni Orzigul Ismoilovaniki ekani haqida qaror qabul qilgani yozilgan.

Qiziği şundaki, bu yiğilişda «sözlagan» Saparboy Ismoilov 2011 yilda, majlis ötkazilişidan 5 yil oldin vafot etgan edi. Qanday qilib marhum majlisda iştirok etib, gapirişi mumkin? Buni bilmaymiz, ammo bu haqdagi bayonnoma qölimizda bor. Muhim hujjat qalbakilaştirilişi natijasida davlat idorasiga notöğri ma'lumot berilib, boşqa bir fuqaroning manfaatlariga zid qaror qabul qilinişi mumkin edi. Ammo bu öz vaqtida aniqlanib, tuman hokimligi bunday qarorni çiqarmaydi.

Şunday bölsa-da, Orzigul Ismoilova qöşnisiga tegişli bölgan 238 kv.m. yer maydonida özboşimçalik bilan uy qurib olgan. Bugungi kunda bu imoratda boşqa bir oila yaşamoqda.

2018 yil 24 sentyabrda Boğot tumanlararo sudi bu nizo yuzasidan Xosiyat Matkarimovaning da'vosini qanoatlantirib, özboşimçalik bilan qurilgan imoratni buziş haqida qaror çiqaradi. Ammo 2018 yil 8 noyabrda Fuqarolik işlari böyiça Xorazm viloyati apellyatsiya sudi Xosiyat Matkarimovada bu yerga nisbatan egalik huquqi yöqligini aniqlab, Boğot tumanlararo sudi qarorini bekor qiladi. 2019 yil 22 may kuni Oliy sud bu qarorni özgarişsiz qoldiradi.

Şundan söng Xosiyat Matkarimova bu yerga bölgan egalik huquqini oliş uçun harakat qilayotganini, ammo Hazorasp tumani hokimligiga qilgan murojaatlari samarasiz bölayotganidan şikoyat qildi.

«Egalik huquqini berişlarini sörab Hazorasp tumani hokimligiga murojaat qildim. Ammo bu hududda nizoli bino borligini aytib, sudga murojaat qilişimni tuşuntirişdi. Sud esa egalik huquqim yöqligi bois, da'vo arizamni qanoatlantirmayapti. Oldin egalik huquqini çiqartirib olişimni talab qilmoqda. Mana şunday yopiq doiradan çiqib ketolmayapman», - dedi Xosiyat Matkarimova.

Hazorasp tumani hokimligi yuristkonsulti Sultonboy Jumaniyazovdan bu masala böyiça izoh oldik.

«Xosiyat Matkarimova bilan boğliq bu vaziyatdan xabardormiz. Bu nizo böyiça bir qança sudlar böldi, qarorlar çiqqan. Unga egalik huquqini beriş masalasi? Xosiyat Matkarimovadan barça hujjatlarni taqdim qilişni söraymiz. Söngra unga egalik huquqini beriş masalasi «Uy-joy, arxitektura, şaharsozlik qonun normalariga rioya qilinişini nazorat qiliş» komissiyasida körib çiqiladi. Zarur hujjatlarni tayyorlaş va taqdim qiliş böyiça huquqiy maslahat berişga tayyormiz», - dedi Sultonboy Jumaniyazov.

Köp yillik mojaroning qisqaça bayoni şunday. Kun.uz vaziyatni kuzatib boradi.

Qonunga köra, fuqaroda yer uçastkasiga egalik huquqini oliş uçun asoslantiruvçi hujjatlar bölsa, u yerda özga şaxslar tomonidan qanday imorat qurilganidan qat'i nazar, unga egalik huquqi berilmasligiga asos bölolmaydi.

Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasida özboşimçalik bilan imorat qurgan şaxs unga mulk huquqini ololmasligi, uni tasarruf etişga — sotişga, hadya etişga, ijaraga berişga, imoratga nisbatan boşqa bitimlar tuzişga haqli emasligi, özboşimçalik bilan imorat quriş natijasida huquqlari buzilgan şaxsning yoki tegişli davlat organining da'vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan şaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib taşlanişi lozimligi belgilab qöyilgan.

Qissadan hissa çiqaradigan bölsak, hamyurtlarimizga uy-joy, yer uçastkalari bilan boğliq masalalarga e'tiborsizlik qilmaslikni, barça hujjatlarni öz vaqtida rasmiylaştirib qöyişni tavsiya qilgan bölardik. Bugungi kunda fuqarolik va ma'muriy sudlarda körilayotgan işlarning aksariyat qismi aynan uy-joy va yer uçastkalari böyiça kelib çiqayotgan nizolar bilan boğliq. Ularning hal qilinişi bir neça yilga çözilişi, ança vaqt va mablağ talab qilişi mumkin.  

Nurmuhammad Said