2019 yilning 31 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Şanxay hamkorlik taşkiloti Hukumat rahbarlari (boş vazirlar) kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etiş uçun Toşkent şahriga kelgan ŞHT boş kotibi Vladimir Norov bilan uçraşdi.
TIV xabariga köra, uçraşuvda 1 noyabr kuni oçiladigan Hukumat rahbarlari kengaşi majlisi kun tartibiga kiritilgan ŞHT doirasidagi hamkorlikning hamda taşkilotda Özbekiston amaliy iştirokining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Bundan oldin, Özbekiston energetika vaziri Alişer Sultonovning ŞHT boş kotibi Vladimir Norov bilan uçraşuvi bölib ötgandi.
Tomonlar ŞHTga a'zo mamlakatlar, jumladan, XXR bilan köp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini muhokama qildilar. Ular qatorida kömir va tabiiy gazni çuqur qayta işlaş uçun innovatsion texnologiyalarni joriy etiş böyiça loyihalarni amalga oşiriş böyiça muloqotlarni rivojlantiriş masalalari xususida söz yuritildi.












