2019 yil 31 oktabr kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasining majlisi bölib ötdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Davlat bojxona qömitasi tomonidan 2019 yilning 9 oyida amalga oşirilgan işlar natijalari böyiça hisobot eşitildi.

Davlat bojxona qömitasining joriy yil töqqiz oyi davridagi faoliyati senatorlar muhokamasining masalasi böldi. Xususan, uşbu tuzilmaga 2019 yilda maqsadli vazifalarni bajariş yuklatilgan bölib, şundan 22 tasining muddati 2019 yilning I-III çoraklari etib belgilangan. Ularning aksariyati amalga oşirilgan bölsa-da, belgilangan vazifalardan 2 tasi yakuniga yetkazilmaganligi aniqlandi.

Jumladan, joriy yilning III çoragida “Yallama” bojxona posti hududiga tutaş joyda “yagona darça” tamoyili asosida faoliyat olib boradigan zamonaviy bojxona terminalini quriş işlarini boşlaş vazifasi belgilangan. Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli Farmoni bilan tasdiqlangan tarmoq jadvaliga muvofiq 2019-2020 yillarda “Yallama” bojxona postiga tutaş hududlarda bojxona terminali quriş uçun “Euroasia Transportation and Logistics Company” MÇJ XK Toşkent viloyati hokimligi tomonidan şartli ravişda potensial investor deb topilgan va bojxona postiga tutaş hududlarda bojxona terminali quriş uçun yer uçastkasi ajratilgan. Sentabr oyida Davlat bojxona qömitasida investorlar bilan uçraşuv ötkazilib, amalga oşirilişi lozim bölgan işlar belgilab olingan bölsa-da, terminalni quriş işlari boşlanmagan.

Şuningdek, bojxona yuk deklaratsiyalarini bojxonada rasmiylaştiriş vaqtini 3 kundan 1 kunga qisqartiriş lozimligi belgilangan. Biroq bu masalaga doir normativ-huquqiy hujjat bugungi kunga qadar qabul qilinmagan.

Şu bilan bir qatorda, majlisda Davlat bojxona qömitasi faoliyatida aniqlangan kamçiliklar atrofliça tahlil qilinib, ularni bartaraf etiş yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Majlisda körib çiqilgan masalalar yuzasidan Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasining tegişli qarori qabul qilindi.