Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan olib kirilayotgan mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş standart tartibda qayta yölga qöyildi. Bu haqda Bojxona qömitasi matbuot kotibi Husan Tangrievga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, 11-noyabr kuni kunning birinçi yarmida UZIMEI hamda Bojxona qömitasi vakillari Toşkent xalqaro aeroportida uçraşib, muzokaralar olib borgan.

Muzokaralar yakunida mobil qurilmalarning IMEI identifikatorlarini çuqur aniqlaş zarurati tuğilgan hollarda bojxona xodimlariga amaliy kömak beriş uçun UZIMEI vakillarining aeroportda doimiy faoliyat yuritişi yölga qöyilgan.

Şu sababli vaqtinçalik töxtatiş va tekşiriş çoralari bekor qilinib, mobil qurilmalarni bemalol olib kiriş va rasmiylaştiriş qayta tiklandi. Şuningdek, şu paytgaça bojxona nazoratida uşlab turilgan yuzlab mobil qurilmalarni öz egalariga qaytariş işlari boşlangan.

Bojxonadagi ekspertiza

10-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent xalqaro aeroportida xorijdan uçib kelayotgan yölovçilarning qiymati 1 000 dollardan yuqori bölgan mobil telefonlari ekspertiza ötkaziş uçun 30 kungaça muddatga vaqtinça saqlaşga olinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Şuningdek, qurilmalarni ekspertizasiz, bir kun içida rasmiylaştiriş uçun qöşimça tölov joriy etilgani maʼlum böldi.

Bunday espertizaga sabab sifatida telefon importida IMEI kodlarini soxtalaştiriş holatlari köpaygani keltirilgandi.

Bu xabar fonida Toşkentdagi «Malika» maişiy texnika bozorida ayrim iPhone modellari narxi 50 dollardan 400 dollargaça oşdi.

Ijtimoiy tarmoq faollarida yangi tartibning huquqiy asoslari va qöllaniş mexanizmi borasida savollar tuğildi.

Kun oxirida Bojxona qömitasi aeroportda mobil qurilmalarning IMEI identifikatorlari haqiqiy ekanini tasdiqlaş masalalariga oydinlik kiritilgunga qadar bojxona rasmiylaştiruvlari vaqtinça töxtatilganini maʼlum qilgandi.