Ötgan haftada Xatin provinsiyasida noqonuniy migratsiya taşkil etişda gumonlanib ikki kişi uşlangandi.

Vetnam politsiyasi Britaniyada migrantlarning ölimi böyiça iş doirasida sakkiz kişini qölga oldi. Bu haqda VnExpress naşri xabar bermoqda.

Noqonuniy migratsiya taşkilotiga aloqadorlikda gumonlangan sakkiz kişi 3 noyabr kuni Ngean provinsiyasida qölga olingan. Xabar qilinişiça, apreldan avgustgaça uşbu provinsiyadan mamlakatni tark etgan 21 kişi Buyuk Britaniyada izsiz ğoyib bölgan.  

Ötgan haftada Xatin provinsiyasida noqonuniy migratsiya taşkil etişda gumonlanib ikki kişi uşlangandi.

Eslatib ötamiz, Britaniya politsiyasi 23 oktabr kuni Angliya şarqidagi Esseks grafligining Greys şaharçasidagi sanoat zonasida turgan yuk maşinasi içidan 31 erkak va 8 ayolning jasadini topgandi. 

BMT ma'lumotlariga köra, Vetnamdan Yevropaga noqonuniy olib boriş bilan şuğullanuvçi kontrabandaçilar bir yilda 300 million dollar atrofida pul işlab olişadi.