Hindiston şimolidagi havoning ifloslaniş darajasi «çidab bölmas darajaga yetdi». Bu haqda poytaxt Dehli boş vaziri Arvind Kejrival tvitter sahifasida ma'lum qildi.
BBC xabariga köra, Dehlining köplab tumanlarida yakşanba kuni havoning sifati «xavfli» darajaga kelib qolgan. Bu esa nafas yöllari kasalliklariga sabab bölişi mumkin.
Hukumat aholini uydan çiqmaslikka çaqirmoqda. Şaharni qalin smog qoplagan, maktablar yopilgan, 30dan ortiq parvozlar boşqa şaharlarga yönaltirilgan, quriliş işlari töxtatilgan.
Pollution has rched unbearable levels across N India. Del govt taken many steps. Delhiites hv made many sacrifices. Del suffering for no fault of theirs. Punjab CM also expressd concern. Centre shud take immediate steps 2 provide relief. V will support Centre in all initiatives https://t.co/Vx85xYlDId
— Arvind Kejriwal (@ArvindKejriwal) November 3, 2019
Dehli soğliqni saqlaş vaziri Satendar Jain poytaxt aholisiga ayniqsa ertalab va keçki vaqtlarda oçiq havodagi jismoniy faollikdan tiyilişni maslahat bergan.
Şuningdek, rasmiylar odamlarga niqob taqiş, havo ifloslaniş darajasi yuqori hududlarga bormaslik, eşik va derazalarni oçiq qoldirmaslikni tavsiya etişyapti.
Havodagi xavfli zarralar miqdori (PM2,5) me'yordan ança baland. Jumladan, Xitoy poytaxti Pekin bilan soliştirganda 7 barobar yuqori körsatkiç qayd etilgan.
Hindiston soğliqni saqlaş vazirligi rasmiysi havoning ifloslaniş darajasini ölçovçi asboblar maksimum raqamni körsatayotgani, bu orqali haqiqiy holatni bilib bölmayotganini ma'lum qildi. Varun Jhaveri buni «falokat» deb baholagan.
I think we are heading towards Delhi recording the most polluted day in the history of world!! Most of the Delhi areas are showing an AQI of 999 because the meters can't record above that. This is a DISASTER!#DelhiAirEmergency pic.twitter.com/5pY52i5QPw
— Varun Jhaveri (@Varun_Jhaveri) November 3, 2019

The Guardian`ning xabar berişiça, Dehlida havoning ifloslaniş darajasi me'yoriy körsatkiçdan 400 barobarga ortib ketgan.
Juma kuni poytaxtda soğliqni saqlaş borasida favqulodda holat e'lon qilingan va maktablarda 5 millionta niqob tarqatib çiqilgan edi.
Ötgan yakşanba hindlarning milliy bayrami – Divali nişonlangan edi. Bayramda an'anaga muvofiq salyutlar otilgan. Buning ustiga qöşni viloyatlar – Panjob va Haryanada fermerlar dalada qolgan ekinlar poyasiga öt qöyişgan, havo harorati pasayişi esa tutunning saqlanib qolişiga sabab bölgan.

Yuqoridagi omillar hisobiga, Hindiston şimolida yilning hozirgi vaqtida bunday holat kuzatilişi odat tusiga kirgan. Dehli, Panjob va Haryana siyosatçilari muammo uçun bir-birlarini ayblaşadi.
Mamlakatda salyut otilişini taqiqlovçi yangi qoidalar joriy etilgan, ammo bu çora ham ifloslanişga tösiq böla olmadi.

Maktablar kamida seşanba kunigaça yopiq qolişi kutilyapti. Duşanbadan boşlab poytaxtda avtomobil harakatini çeklaş tartibi örnatiladi.
Ammo havo ifloslanişi kamayişi uçun fermerlar dalaga öt qöyişni töxtatişlari kerak.

Sun'iy yöldoşdan olingan suratlarda ötgan hafta davomida dalada qolgan ekinlar poyasiga öt qöyilişi bilan boğliq 3 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Hisob-kitoblarga köra, Dehlidagi iflos havoning 40 foizi – ekinzorlardagi yonğin tutunidir.













