27-oktabrdan 28-oktabrga ötar keçasi Toşkent şahrida noqulay meteorologik şaroitlar taʼsirida havo sifati yana özgargani qayd etilgan. Tun davomida şaharda havo sifati AQI böyiça «noqulay» darajada saqlangan. Ayrim kuzatuv nuqtalarida «juda noqulay» körsatkiçlar qayd etilgan. Milliy havo sifati indeksi böyiça şahar örtaça körsatkiçi PM2.5 böyiça «sariq», PM10 böyiça esa «zarğaldoq» darajada böldi. Bu haqda Özbekiston Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekologik vaziyatni yaxşilaş yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça respublika maxsus komissiyasiga tayanib xabar berdi.

28-oktabr kuni kunduzgi soatlarda Toşkent şahrida havo sifati Xalqaro AQI indeksi böyiça «qizil» («noqulay»), milliy indeks böyiça asosan «sariq» («örtaça»), ayrim muddatlarda esa «zarğaldoq» («sezgir guruhlar uçun nosoğlom») darajada bölmoqda. Keçki soatlarda ham havo sifati «noqulay» darajada saqlanişi mumkin.

Aholining sezgir qatlamiga, xususan, bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, yurak-qon tomir va nafas yöli kasalliklariga çalinganlarga keçqurun va tunda imkon qadar taşqariga çiqmaslik tavsiya qilinadi. Taşqariga çiqqanda himoya niqobidan foydalaniş va oçiq havoda uzoq qolmaslik lozim. Keçqurun va tunda derazalarni yopiq tutiş tavsiya qilinadi.

Havo sifati yomonlaşişiga harorat pasayişi, juda kuçsiz şamol hamda mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan havo massalarining şahar atrofida töplanişi sabab bölmoqda.

«Uşbu şaroitlar ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini çeklab, mahalliy atmosfera taşlamalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolişiga olib keldi», – deya qayd etadi qömita.