Özbekiston poytaxti 28-oktabr kuni havoning ifloslaniş darajasi böyiça dunyoning yirik şaharlari orasida birinçi öringa çiqdi. IQAir xalqaro monitoring platformasining mahalliy vaqt bilan soat 17:57 dagi maʼlumotlariga köra, Toşkentda havo sifati indeksi (AQI US) 185 ni taşkil etdi. Bu «Unhealthy» (soğliq uçun zararli) toifasiga kiradi.

Reytingning ikkinçi poğonasidan Indoneziyaning Jakarta şahri (170), uçinçi örindan esa Bişkek (165) joy olgan. Keyingi örinlarda Dubay (156), Milan (154), Lohur (154), Mumbay (153), Dehli (152), Olmaota (148) va Kalkutta (144) qayd etilgan.
AQI şkalasi böyiça 151–200 oraliğidagi körsatkiç har qanday odam havoning zararli taʼsirini his qilişi, taʼsirçan guruhlarda esa jiddiyroq oqibatlar kuzatilişi mumkinligini anglatadi. Uşbu guruhga bolalar, keksalar, homilador ayollar hamda yurak va nafas yöllari kasalliklari bor insonlar kiradi.
Bunday kunlarda mutaxassislar oçiq havoda uzoq vaqt qolmaslikni va köçadagi faol jismoniy maşğulotlarni keyinga qoldirişni tavsiya qiladi. Xonalarni havo nisbatan toza bölgan soatlarda şamollatgan maʼqul, köçada esa N95/FFP2 toifasidagi respiratordan foydalaniş lozim: oddiy tibbiy niqob mayda zarraçalardan deyarli himoya qilmaydi.
IQAir reytingi real vaqt rejimida yangilanib boradi, şu bois şaharning röyxatdagi örni kun davomida özgarib turişi mumkin. Hozir Toşkent va undan keyingi örinlardagi şaharlar örtasidagi farq unçalik katta emas. Dolzarb maʼlumotlar bilan iqair.com sayti va AirVisual ilovasi orqali tanişiş mumkin.
Avvalroq, Toşkentda sovuq mavsumda havo ifloslanişiga şamol tezligining pasayişi, harorat inversiyasi va antitsiklonal jarayonlar taʼsir qilişi haqida xabar berilgan edi. Geografiya fanlari doktori Baxtiyor Xolmatjonovning tuşuntirişiça, bu şaroitda ifloslantiruvçi moddalar yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanadi.
Havoni ifloslantiruvçi manbalarni aniqlaş uçun Ixtisoslaştirilgan atmosfera laboratoriyasi markazi Toşkentning barça tumanlarida maxsus filtrlar orqali namunalar olib, tahlil qilmoqda. Kelgusida bu tajribani respublika böylab joriy etiş rejalaştirilgan.
Iqlim özgarişi milliy markazi maʼlumotiga köra, 26-oktabrga qadar Toşkentda atigi 3,9 mm yoğingarçilik kuzatilgan. Oylik meyor 23,7 mm. Yoğingarçilik kamligi çang zarraçalarining havodan yuvilib ketişini qiyinlaştiradi. Sönggi ön yillikda sovuq mavsumda kuçli şamol va yoğingarçilik kamligi bilan boğliq noqulay meteorologik şaroitlar 57 foizga köpaygan.

















