2019 yil 4 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi hamda Davlat budjeti boşqarmasi tomonidan “2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonun loyihasi böyiça seminar ötkazildi.
Ta'kidlanganidek, “2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi Qonunning qabul qilinişi davlat boşqaruvi sektorining barça darajalarining budjet borasidagi mas'uliyatini oşiradi hamda budjet ijrosi intizomini yanada mustahkamlaydi.
Şuningdek, uşbu Qonun bilan Davlat budjeti daromadlarining soliq turlari böyiça xarajatlarini sohalar kesimida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlar mahalliy Kengaşlari tomonidan qayta-qayta tasdiqlanişiga barham beriladi.
Bugungi kunga qadar mahalliy hokimliklar öz budjetini qabul qilişda respublikadan yetkazilgan raqamlar asosida tasdiqlab qöyar edi. Ular biror raqamni özgartiriş vakolatiga ega emas edi. Mahalliy Kengaşlarda budjetni qabul qiliş ramziy ma'noga ega edi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida mahalliy budjetlarning daromadlarini soliq turlari böyiça hamda xarajatlarini budjet taşkilotlari kesimida özlari belgilaşi öz aksini topgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari özlariga tegişli bölgan budjetni qabul qilişdagi haqiqiy mustaqilligi ta'minlanadi.
Vazirlik va idoralarning budjetlari Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanişi ularga ajratilgan budjet mablağlarining natijadorligini ta'minlaşga xizmat qiladi.
Davlat budjeti daromadlari qismida bölayotgan özgarişlar, mahalliy hokimiyat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantiriş orqali soliqqa tortiş bazasini kengaytirişga va budjetga tuşadigan tuşumlarning köpaytirişga bölgan qiziqişlarini oşiradi. Qarz mablağlarini jalb qiliş böyiça çegaralarning örnatilişi uşbu mablağlardan foydalaniş samaradorligini oşiradi hamda Davlat budjetining uzoq muddatli barqarorligini ta'minlaş imkonini beradi.












