Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov «Buxoro şahrining tarixiy qismi hududiga kirişni nazorat qiliş tizimlari majmuasi»ni joriy etiş böyiça işlab çiqilgan loyiha taqdimoti bilan tanişdi.

Mazkur loyiha Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi Buxoro, Samarqand, Xiva va Şahrisabz şaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlaş çora-tadbirlariga oid qarori ijrosi doirasida amalga oşirilmoqda.

Taqdimotda ta’kidlanişiça, loyihaning asosiy maqsadi mahalliy va xorijiy sayyohlar xavfsizligini ta’minlaş, ommaviy tadbirlar vaqtida köngilsiz holatlarning oldini oliş hamda zarurat tuğilganda tarixiy hududga transport vositalari harakatini vaqtinça çeklaşdan iborat.

Buning uçun Buxoro şahrining eski qismida 20 ta nazorat nuqtasi belgilangan bölib, ularga zamonaviy «taranga qarşi» moslamalarni örnatiş rejalaştirilgan.

Loyiha tört bosqiçda amalga oşiriladi. Birinçi bosqiçda tarixiy hududning beş nuqtasida, jumladan, Xöja Nurobod, Samarqand, Afrosiyob, Bahouddin Naqşband köçalari hamda «Somoniylar istirohat boği»ga kiriş yölagida xavfsizlik moslamalarini örnatiş közda tutilgan.

Taqdimot yakunida viloyat hokimi mutasaddilarga moslamalar örnatiladigan hududlarning topografik çizmalarini tayyorlaş, işlarning samaradorligini oşiriş uçun işçi guruh tuziş hamda Toşkent va Samarqand tajribasini örganiş böyiça tegişli topşiriqlar berdi.















