KXDR rahbari Kim Çen In dekabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşişga qaror qilgan bölişi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotlariga tayanib Yonhap agentligi xabar berdi.
Koreya milliy razvedka xizmatining ma'lumot berişiça, noyabr oxirida yoki dekabr boşida Vaşington va Pxenyan davlat rahbarlari uçraşuvini taşkil etiş uçun muzokaralarni qaytadan boşlaydi. Razvedka vakillarining taxminiça, yil oxiriga qadar KXDP yetakçisi Xitoyga taşrif buyurişi mumkin.
2018 yil 12 iyunda Singapurda Tramp va Kim Çen In qöşma deklaratsiya imzolagandi. Unga köra, Pxenyan Vaşington tomonidan xavfsizlik kafolati evaziga Koreya yarim orolida yadrosizlaniş böyiça majburiyat olgandi. 2019 yil fevralda Xanoyda ötkazilgan ikkinçi sammit natijasiz yakunlandi.
5 oktyabrda AQŞ va KXDR vakillari Şvetsiyada uçraşuv ötkazdi, ammo muzokaralar heç qanday natija bermadi.












