2019 yilning 9 oyida 7,5 mln dollarlik dasturiy mahsulot eksport qilingan. AKT vaziri örinbosari Qahramon Yöldoşevning sözlariga köra, yil oxirigaça bu körsatkiç 10 mln dollarga yetkaziladi.
«Dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini yil yakunigaça 10 mln dollarga yetkazişni maqsad qilib qöyganmiz va uşbu yönalişda 100tadan kam bölmagan yangi korxonalarni taşkil etiş va 500dan ortiq yangi iş örinlarini yaratiş közda tutilgan», deya vazir örinbosarining sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Matbuot anjumanida ta'kidlanişiça, 2019 yilning 9 oyida dasturiy mahsulotlar işlab çiquvçi korxonalar tomonidan 546,6 mlrd sömlik kompyuter dasturlaş xizmatlari körsatilgan hamda 7,5 mln dollarlik eksport amalga oşirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi qarori bilan Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda taşkil etilgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki taşkil 2019 yil 24 iyuldan buyon faoliyat yuritmoqda. Hind ilğor tajribasi asosida işlayotgan uşbu texnoparkda 300dan ortiq rezident-korxona a'zo bölgan.
«Texnopark hozirgi kundagi talabni qondiryapti, lekin tendensiya şunaqaki, rezident bölişni xohlovçi sub'yektlar soni ortib borişi munosabati bilan texnoparkning hududini kengaytiriş loyihasi konsepsiyasini yaqin bir oy içida tasdiqlaşni oldimizga maqsad qilib qöyganmiz. Texnopark faoliyatini kengaytiriş, axborot texnologiyalari sohasida autsorsing xizmatlarini körsatişni yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi hamda Texnopark faoliyatlarini birlaştiriş masalasini muhokama qildik va hozirgi kunda davlatimiz rahbarining tegişli qarori loyihasini işlab çiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritiş çoralari körilmoqda», deydi Qahramon Yöldoşev.








