Özbekistonda Telegram faoliyatida muammo yuzaga keldi, bu haqda Telegram ijtimoiy tarmoği mijozlarini qöllab-quvvatlaş Markazi vakili xabar berdi.
«Ulanişdagi muammolar. Telegram tarmoğida birmunça vaqt davomida aloqa uzilib qolmoqda. Jamoa bundan xabardor. Muammo Telegram tarafida emas, biroq jamoa aloqani saqlab qolişga harakat qilmoqda», deyiladi xabarda.
Markaz vakili muammo bartaraf etilganidan söng, qöşimça ma’lumot berilişini ma’lum qildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Telegram bilan boğliq muammo haqida izoh berib, foydalanuvçilarni tinçlantirdi.
«Telegram messenjeri ulanişidagi ba’zi foydalanuvçilardagi muammolar tufayli, «u Özbekistonda bloklandi» deb xavotirlanişga örin yöq», deyiladi bayonotda.
Telegram tarmoğida aloqa sifati bilan boğliq muammo sönggi marta 23 mart kuni qayd etilgan va muvaffaqiyatli bartaraf qilingan edi.








