Şikoyat va va'dalar

«Prokuratura organlari bugungi kunda tez-tez (deyarli doimo) özining nazoratçilik funksiyasini (xususan DXX tergov bölinmalarida dastlabki tergovning qonuniyligini) bajarmayapti, balki şunçaki közböyamaçilik qilyapti va fuqarolarning qonuniy manfaat va huquqlarini himoya qilmayapti. Tergovdagilarga nisbatan qiynoqlar qöllanilişini tölaqonli tekşirmayapti. Mazkur tergov organida sodir bölayotgan köp sonli qonun buzilişlari haqida lom-mim deyilmayapti va prokuratura organlari şikoyatlarga asossiz «javobnomalar» yöllamoqda», - dedi u.

Avvalroq sobiq boş prokuror Otabek Murodov advokatlarni qabul qilişga va dastlabki tergov organlarining mas'ul şaxslari tomonidan qonun buzilişlari böyiça şikoyatlarni hal qilişga va'da bergandi. Allan Paşkovskiy öşanda hamkasblarini vaziyatdan foydalanişga va boş prokurorga qonun buzilişlari töğrisida xabar qilişga çaqirgandi.

Ammo oradan bir oz vaqt ötgaç, advokat jurnal tahririyati bilan boğlandi va boş prokurorning javobidan qoniqiş hosil qilmaganini bildirdi. U şuningdek, tahririyatga murojaati matnini taqdim etdi.  

Tahririyat yaqinda u bilan boğlanib, murojaati yakunlari böyiça izoh berişini söradi. Advokatning sözlariga köra, u Boş prokuraturaning javobidan qoniqmagan.Bundan taşqari, advokat mamlakat sud-huquq tizimidagi ayrim masalalar borasida öz munosabatini bildirgan.

«Qayd etiş joiz, advokatlarning DXX tergov izolyatorlaridagi himoya ostidagi şaxslar bilan uçraşuviga boğliq vaziyat nisbatan yaxşilangan (ammo qonun buzilişlari tölaligiça bartaraf etilmagan). Hozirça advokatlarning öz himoyasi ostidagilar bilan uçraşuvlarida huquqlari butunlay buzilişi kuzatilmayapti. Ammo tergov boşqarmasi va DXX tergov izolyatorlarida poçta qutilari bilan boğliq muammolar hozirça mavjud», - deya qayd etgan Allan Paşkovskiy.

Advokatning fikriça, himoyaçini tanlaş böyiça mavjud tartibga rioya qilmaslik, tergov ostidagi şaxslarga noqonuniy ta'sir qiliş va ularni bitim asosida iş olib borayotgan advokatdan voz keçdirişga «erişiş», ayblanuvçilarni qörqitiş, ayblanuvçi qarindoşlariga tahdid qiliş (şu jumladan, sud bölayotgan davrda ham), ayblanuvçining öziga nisbatan tahdidlarni qöllaş, jinoiy javobgarlikning yuridik oqibatlari haqida yolğon ma'lumot beriş, bitim asosida iş yuritayotgan advokatga tuhmat qiliş (bu advokatlarning öziga ança keç ma'lum böladi), bitim asosida iş yuritayotgan advokat himoyaga kirişganida ayblanuvçining maxsus «instruktaj» qilinişi (ayblanuvçini advokat bilan u yöqligida «taniştiriş», ayblanuvçi uni hali körmagan böladi va, odatda, köp hollarda bundan keyin ayblanuvçi uning yuridik xizmatlaridan voz keçadi), ayblanuvçini çalğitiş va oçiqçasiga aldaş kabi holatlar juda köp va har qadamda kuzatilmoqda. 

«Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmatidagi islohotlar hozirça şunçaki rasmiyatçilik va amalda tatbiq etilmayapti deb xulosa qiliş mumkin. Amalda hammasi avvalgidek (xususan muntazam ravişda qonun buzilişi davom etmoqda), ba'zida esa avvagidan ham yomon davom etyapti. Buni BMT maxsus ma'ruzaçisi Diyego Garsiya-Sayanning 2019 yil 25 sentyabrda Xalqaro press-klubdagi dastlabki bahosi va «ayrim şaxslar»ga nisbatan jinoyat işlari ham tasdiqlaydi», - dedi advokat.

Boş prokuratura javobi

Advokat naşri Boş prokuraturaning advokat şikoyatiga yöllagan javobini çop etdi.

«Özbekiston Respublikasi DXX tergov boşqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolar K. va A. ning (ism va familiyalar qisqartirilgan holda berilmoqda – tahririyat) himoyalaniş huquqi buzilayotgani haqidagi murojaatingiz takroran körib çiqildi.

Qörib çiqiş natijasi böyiça quyidagilarni ma'lum qilamiz.

K.ga nisbatan qözğatilgan jinoyat işida himoyaçi sifatidagi iştirokingiz borasida Sizga 05.03.2019 yilda 20/72-19-428-sonli javob xati yuborilgan.

Himoyangiz ostidagi A.ning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş borasida Siz sudga murojaat qilişingiz mumkin, çunki unga va boşqalarga nisbatan qözğatilgan iş böyiça tergov Özbekiston Respublikasi JPKning 46-bobiga muvofiq yakunlangan», - deyiladi prokuratura javobida.

Yangi boş prokurorga ariza

Şundan söng Allan Paşkovskiy yangi boş prokurorga ariza yozdi

«Himoyam ostidagi A.ga nisbatan 2019 yil 7 yanvardan 22 maygaça bölgan davrda qiynoqlar qöllanilgani hamda boşqa qator protsessual qonunbuzarliklar sodir etilgani haqida avvalroq bir neça bor şikoyat kiritgan edim. Sizga işonib topşirilgan idora, aniqroq qilib aytadigan bölsam, 20-boşqarma (Qurolli kuçlar va Davlat xavfsizligi xizmati organlarida qonunlarning bajarilişi ustidan nazorat boşqarmasi) xodimlari tekşiruvda va javoblarni taqdim qilişda beparvolik, dalillarni oçiqdan-oçiq buzib talqin qiliş, men yöqligimda himoyam ostidagi şaxs bilan uçraşiş, nomuvofiq va çalkaş javoblar qaytariş, körib çiqiş muddatlariga amal qilmaslik va oşkora layoqatsizlik, murojaatlarimdan qaysi biriga (raqami va sanasini qayd qilib) javob berilayotganini körsatmaslik singari holatlariga yöl qöyildi va qöyilmoqda. Buning uçun ulardan biri intizomiy jazo – hayfsan oldi. Yuqoridagilardan istisno qilib, Boş prokuratura (20-boşqarma) xodimini keltirib ötişim mumkin», - deb yozdi u.

Advokat fuqarolarning huquqlari amalda himoya qilinmayotganidan, prokuratura organlari öz vazifalarini bajarmayotganidan, qonun me'yorlariga amal qilmaslik holatlari davom etayotganidan va uşbu vaziyat boş prokuror örinbosari E.Yuldaşevning 2019 yil 17 iyun kuni OAV orqali e'lon qilingan rasmiy bayonotiga mutlaqo nomuvofiqligidan noroziligini bildirdi.

«Mening prokuratura organlariga fuqaro, advokat va maxsus protsessual sub'yekt sifatidagi şaxsiy işonçim söndi. Bugun men öz pozitsiyamdan prokuraturaga sifatli iş uçun minnatdorçilik bildira olmayman va bunga heç qanday asos körmayapman. Sizdan oldin faoliyat yuritgan boş prokuror 2019 yil 8 fevral kuni menga şaxsan aytgan gaplarning bari puç bölib çiqdi. Afsuski, Sizning idorangiz tarafidan fuqarolar huquqlarining samarali va muvaffaqiyatli himoya qilinişiga hamda adolat örnatilişiga umid qiliş bema'no va asossiz ekan», - deb yozdi u.

Boş prokuratura izohi  

Boş prokuraturaning ma'lum qilişiça, şu yilning iyun oyida Boş prokuratura tomonidan “Falcon” advokatlik firmasi advokati A. Paşkovskiyning himoyasi ostidagi K. Yusupovga nisbatan DXX tergov izolyatorida Özbekiston Respublikasi DXX xodimlari tomonidan ruhiy qiynoqlar qöllanilgani töğrisidagi murojaati körib çiqilgan.

Murojaatni körib çiqiş yakunlari böyiça quyidagilar aniqlangan.

«K. Yu.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi DXX tergov boşqarmasi iş yurituvida bölgan, Özbekiston Jinoyat kodeksining 157-moddasi 1-qismi (Davlatga xiyonat) böyiça qözğatilgan jinoyat işi böyiça ayblov e'lon qilingan va unga nisbatan sud tomonidan hibsga oliş körinişidagi çora qöllanilgan. Özbekiston JPKning 46-moddasiga asosan K. Yu. advokat himoyasi bilan ta'minlangan», - deyiladi unda.

2019 yil 24 aprelda K. Yusupovning murojaati asosida A. Paşkovskiyning ham uning advokati sifatidagi iştiroki hamda uçraşuvi ta'minlangan. K. Yu. bilan boğliq barça tergov harakatlari uning advokatlari iştirokida olib borilgan.

«Şu bilan birga, Boş prokuratura mas'ul xodimining K. Yu. bilan ötkazgan uçraşuvi davomida u tergov izolyatorida öziga nisbatan ruhiy bosim ötkazilmaganini bildirgan. Şuningdek, taşrif buyuruvçilar hisobini yuritiş jurnali közdan keçirilganida uşlab turiş davomida (10.12.2018 yildan) mahbus K. Yu. DXX tergov izolyatori binosida advokati A. Paşkovskiy bilan uçraşuvlari ta'minlangan», - deyiladi Boş prokuratura bayonotida.

DXX tergov izolyatorida boşqa şaxslar hamda operativ bölinmalar xodimlari bilan uçraşuvlar ötkazilmagan. Yuqorida keltirilgan obektiv dalillar asosida, tergov izolyatori xodimlari yoki DXXning boşqa xodimlari tomonidan K. Yu.ga nisbatan iqrorlik körsatmasi berişga majburlaş maqsadida ruhiy bosim ötkaziş holati aniqlanmagan.

2019 yil may oyida jinoyat işi Özbekiston JPK talablari asosida körib çiqiş uçun Özbekiston Respublikasi Harbiy sudiga yuborilgan. Murojaatni körib çiqiş natijalari böyiça advokat A. Paşkovskiyga yozma javob berilgan.

Şu bilan birga, qonunçilik talablari buzilişiga yöl qöymaslik maqsadida:  

- Boş prokuratura mas'ul xodimi tomonidan DXX tergov boşqarmasi va tergov izolyatori xodimlari bilan profilaktika işlari ötkazilgan va ular advokatlarning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik hamda jinoyat-protsessual qonunçilik normalariga qat'iy rioya qiliş borasida ogohlantirilgan;

- Murojaatlarni körib çiqiş tartibi buzilişiga yöl qöygani uçun Boş prokuratura boşqarmasi boşliği örinbosariga hayfsan e'lon qilingan.