Maʼlum qilinişiça, Toşkent şahrida yaşovçi, 1985-yilda tuğilgan şaxs uç nafar xorijiy fuqaroga Özbekiston hududiga kiriş vizalarini tanişlari orqali noqonuniy ravişda rasmiylaştirib berişni vaʼda qilgan.

U mazkur xizmat evaziga 31 200 AQŞ dollari olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tezkor tadbir davomida uşbu mablağning 4 200 dollarini u özida qoldirişi, qolgan 27 ming dollarni esa Toşkent şahrida yaşovçi, 1960-yilda tuğilgan fuqaroga berişi kerakligi aniqlangan.

Şundan söng tadbir davom ettirilib, ikkinçi şaxs ham 27 ming dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan uşlangan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.