Tailandning Yala viloyatidagi nazorat-ötkaziş punktida sodir etilgan otişmada 15 kişi halok böldi, 4 kişi yaralandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
“Ehtimol, bu isyonçilar işi bölsa kerak. Bu hujum oxirgi vaqtdagi eng yiriklaridan biridir”, deb aytgan xavfsizlik xizmati vakili.
Bosqinçilar ta'qibdan qoçiş uçun portlovçi qurilmalar qöllab, yölga mixlar soçib ketgan.
Yala Tailandning aholisi katta qismini musulmonlar taşkil qiladigan uç viloyatidan biri hisoblanadi. U va yana ikki viloyat - Pattani va Naratxivat 1909 yilgaça Malay musulmon sultonligining bir qismi hisoblangan.
Ayirmaçilik negizida sodir etiladigan hujumlarni kuzatib boruvçi Deep South Watch taşkiloti ma'lumotlariga köra, 2004 yildan beri uşbu uç viloyatda ğalayonlar oqibatida 7 mingga yaqin odam halok bölgan.












