Unda 2019 yilning oxiriga qadar naşr qilinişi reja qilinayotgan yangi tahrirdagi «Qizil kitob» va uni çop etişning sabablari böyiça ma'lumot berildi.
Xususan, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Baxtiyor Ibragimovning sözlariga köra, «Qizil kitob»ning amaldagi naşri 2009 yilda naşr etilgani sababli, undagi mavjud ma'lumotlar «ma'nan eskirgan» edi va şu tufayli sönggi 10 yil mobaynidagi tadqiqot natijalari umumlaştirilib, ösimlik turlarining bugungi kundagi zamonaviy holati böyiça ma'lumotlarni keng ommaga taqdim etiş uçun kitobning yangi naşrini çop etiş zarurati tuğilgan.

Tadbirda jurnalistlar tomonidan «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvon va ösimliklar aholi tomonidan köp hollarda ularning kamyobligi borasida yetarli darajada xabardor emasligi uçun ham yöq qilinişi, aholining bu boradagi xabardorligini oşiriş uçun tarğibot materiallarini köproq çop etiş borasida taklif bildirildi.
«Bunday tarğibot materiallarini çop etiş va moliyalaştiriş Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi tomonidan amalga oşiriladi.
Fanlar akademiyasi bu masalaning faqat ilmiy tomoniga javob beradi, ya'ni hisob-kitoblarini olib boradi. Töğrisini aytsam, bizning bundan boşqa imkoniyatimiz ham yöq.
Albatta, 33 million aholi uçun bor yöği 1000 nusxada çop qilinayotgan «Qizil kitob» bu – juda oz. Sababi, bu yerda aholini ekologik madaniyatini oşiriş masalasi ham turibdi.
Qaçondir akademiyaga ham şunday loyihalar uçun mablağ ajratilar, lekin hozirça homiy qidirişga majbur bölayapmiz», deya FA vitse-prezidenti Baxtiyor Ibragimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uçun, «Qizil kitob» – bu noyob va yöqolib ketiş xavfi ostida turgan ösimlik va hayvonot olami vakillarini himoyaga oliş haqida ogohlantiruvçi signal. Bu kitob – kamayib va yöqolib ketiş xavfi ostida turgan ösimlik va hayvonlar turlarining hozirgi holati töğrisidagi ma'lumotlarni umumlaştiruvçi asosiy xujjatdir.












