Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida qönğir ayiq terisi topildi. Bu haqda Toşkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Burçmullo davlat örmon xöjaligiga qaraşli Axsarsoy hududida nazorat reyd tadbirlari ötkazilganda, qönğir ayiqning terisi topilgan. Aşyoviy dalil Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tomonidan örganilganida Tyan-Şan qönğir ayiğiga tegişli ekani ma’lum bölgan. Şuningdek, örganiş davomida ayiq noma’lum şaxslar tomonidan qölbola sirtmoq yordamida öldirilgani, terisi qoldirilib, boşqa qismlari olib ketilgani aniqlangan.
Qönğir ayiq zaif, keng, biroq mozaik tarqalgan kenja tur sifatida Özbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan. Uni ovlaş taqiqlangan.
Holat yuzasidan töplangan ma’lumotlar Toşkent viloyati IIBBga yuborilgan.









