“Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga köra, qaror bilan qonun hujjatlarini amaliyotda qöllaş samaradorligini tahlil qiliş va ularning funksionalligini aniq mezonlar asosida baholaş tizimini yaratildi. Şuningdek, norma ijodkorligi va huquqni qöllaş amaliyoti örtasidagi özaro aloqa tizimi takomillaştirildi.
Mazkur işlarning samaradorligini yanada oşiriş maqsadida, Adliya vazirligi davlat boşqaruv organlarining huquqiy monitoringni ötkaziş sohasidagi faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça maxsus vakolatli organ etib belgilandi.
Şuningdek qaror bilan huquqiy monitoring tizimining asosiy vazifalari belgilab berildi. Jumladan:
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining yagona amaliyotini joriy etiş;
huquqni qöllaş amaliyotning normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş maqsadlariga muvofiqligini örganiş;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solişning töliqligini ta'minlaş, şuningdek normativ-huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaga oid omillarni aniqlaş va bartaraf etiş kabi boşqa yana bir qator vazifalar belgilandi.
Maxsus vakolatli organ sifatida Adliya vazirligiga davlat boşqaruv organlari tomonidan ötkaziladigan huquqiy monitoring jarayonida iştirok etiş, huquqiy monitoringni ötkazişda qoidabuzarliklarni bartaraf etiş töğrisida bajarilişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritiş kabi qöşimça vakolatlar berildi. Hozirda Adliya vazirligining markaziy apparatida huquqiy monitoring böyiça maxsus bölim taşkil etildi, uşbu bölim qarorda belgilab berilgan asosiy vazifalarni ijrosini sifatli va öz vaqtida ta'minlab berişga xizmat qiladi.
Qarorga muvofiq, respublikada huquqiy monitoring Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan huquqiy monitoring ötkaziş rejasi asosida amalga oşiriladi.
Jumladan, mazkur reja Adliya vazirligi tomonidan davlat boşqaruv organlari taqdim etgan takliflar asosida şakllantirilişi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilingan holda tasdiqlanişi nazarda tutilgan.
Huquqiy monitoringni ötkaziş bilan boğliq jarayonlar maxsus elektron maydonçada amalga oşiriladi.
Huquqiy monitoring ötkazişni taşkil etiş va muvofiqlaştiriş davlat organlarining yuridik xizmatlari tomonidan amalga oşiriladi.
Bundan taşqari, Adliya vazirligi davlat boşqaruvi organlari tomonidan huquqiy monitoring ötkazilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanlab olib, ularni sifatini yanada yaxşilaş maqsadida takroriy huquqiy monitoring ötkazişi mumkin. Bu ham davlat organlarining mas'uliyati oşişiga xizmat qiladi.
Davlat boşqaruvi organlari tomonidan ötkazilgan huquqiy monitoring natijalarini tahlil qiliş hamda tegişli çora-tadbirlar belgilaş maqsadida ular töğrisidagi hisobot Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida muhokama qilinadi.
Huquqiy monitoring natijalari töğrisidagi hisobotni körib çiqiş yakunlari böyiça ommaviy axborot vositalarida ham e'lon qilinişi mumkin.












