Aziz Xöjanov Toşkent şahri Uçtepa tumani hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari etib tayinlandi.
Aziz Xöjanov 1985 yilning 23 aprelida tavallud topgan. 2008 yilda V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi, 2012 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2005 yilda Toşkent şahar binolardan foydalaniş departamenti mutaxassisi lavozimidan boşlagan. Undan söng Yakkasaroy tuman hokimligining boş mutaxassisi, Toşkent şahar «Toşissiqquvvati» işlab çiqariş birlaşmasi unitar korxonasida iqtisodçi, Toşkent şahar Yunusobod tumani hokimi yordamçisi, «Özkommunxizmat» agentligi Taşqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar boşqarmasining boş mutaxassisi, bölim boşliği, boşqarmasi boşliği örinbosari, Özbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi Toşkent şahar uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmasi boşliği birinçi örinbosari, Toşkent şahar Taşkiliy-nazorat va tahlil boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.












