Uning sözlariga köra, "oxirgi terrorçi mintaqani tark etmaguniça" Turkiya bu fikridan qaytmaydi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Turkiyaning Suriyadagi "Tinçlik buloği" operatsiyasi davom etişi mumkinligini istisno qilmadi.
"Şubhasiz. Oxirgi terrorçi mintaqani tark etmaguniça bu işni töxtatmaymiz. Suriyadan boşqa davlatlar çiqib ketmaguniça biz u yerni tark etmaymiz. Biz Suriyaning hududiy yaxlitligi va birligini qöllab-quvvatlaymiz", - dedi Erdöğan jurnalist savoliga javoban.
Şu bilan birga, Turkiya rahbari Anqara Suriyaning "bölinib ketişini xohlamasligini" ta'kidladi.
U Turkiya Adana kelişuviga asosan operatsiya ötkazişga haqli ekanligini aytdi.
"Agarda mintaqa terrorçi taşkilotlardan tozalanmaydigan bölsa, biz Adana kelişuvi doirasida operatsiyani davom ettiramiz", - dedi Erdöğan.













