Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqara şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunida Biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni taʼsis etiş töğrisidagi bitimni imzoladilar.
Bundan taşqari, köp qirrali va uzoq muddatli şeriklikning turli yönalişlarini qamrab oluvçi ikki tomonlama hujjatlar töplami imzolandi. Xususan:
– Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar röyxatini kengaytiriş töğrisidagi bayonnoma;
– Ijtimoiy taʼminot töğrisidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oşiriş böyiça maʼmuriy bitim;
– 2022-yil 29-martda imzolangan davlat çegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining ötişi haqida oldindan axborot almaşiş töğrisidagi bayonnomaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qöşimça bayonnoma.

Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytiriş, işbilarmon doiralar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning taklifiga binoan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy taşrif bilan Anqara şahriga keldi.

Özbekiston yetakçisi Turkiy davlatlar taşkilotining navbatdagi sammiti tadbirlarida iştirok etadi.
“Turkiy asr: tilda, fikrda va işda birlik” şiori ostida ötadigan anjuman kun tartibidan ustuvor yönalişlardagi köp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari örin olgan.

















