Anqara şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşuv ötkazdi.

Özbekiston rahbari Turkiyaning milliy bayrami – Respublika kuni munosabati bilan butun turk xalqini qizğin muborakbod etib, tinçlik-osoyiştalik, bardavom taraqqiyot va farovonlik tiladi.

«Muloqot çoğida ikki mamlakat örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini, xususan, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada mustahkamlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Sönggi yillarda barça darajalarda faol muloqotlar olib borilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro tovar ayirboşlaş va investitsiyalar hajmi, qöşma korxonalar va aviaqatnovlar soni izçil ösib bormoqda. Hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça muntazam ravişda qöşma tadbirlar ötkazib kelinmoqda», – deyiladi xabarda.

Tomonlar biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşni taʼsis etiş, Hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişiga puxta tayyorgarlik köriş, istiqbolli loyihalar portfelini kengaytiriş hamda yangi yönalişlar böyiça amaliy hamkorlikni izçil davom ettiriş muhimligiga alohida eʼtibor qaratgan.

Yetakçilar bölajak tadbirlar rejasi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşgan.