Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşgani, bundan xursand ekani, unga Şavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazgani haqida xabar berdi.

«Özbekiston va Turkiyani döstlik hamda yaqin hamkorlik riştalari boğlab turadi. Muloqot çoğida birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaş istiqbollarini muhokama qildik.

Janob Prezidentga samimiy qabul, Özbekistonga qaratilayotgan alohida eʼtibor hamda qardoş xalqlarimiz örtasidagi döstona munosabatlarni qöllab-quvvatlayotgani uçun çin qalbimdan minnatdorlik bildiraman», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.












