Joriy yilning 3 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toşkent” yönalişi böyiça poytaxtga kelgan bir guruh şaxslarning qinğir işlari foş böldi. 

DXX Çegara qöşinlari xabariga köra, uşbu şaxslarning Italiya davlatiga tegişli fuqarolik pasportlari tekşirilganda qalbaki ekanligi aniqlandi. Olib borilgan suriştiruv işlari davomida uşbu şaxslar aslida Eron Islom Respublikasi fuqarolari ekanligi ma'lum böldi.

Qayd etilişiça, bu şaxslarga qonunçilikda belgilangan tartibda çora körilgan.

Eslatib ötamiz, sönggi yillarda mamlakatda turizm salohiyatini qöllab-quvvatlaş, taşrif buyurayotgan sayyohlar oqimini oşiriş maqsadida qariyb 60dan ortiq xorijiy davlat fuqarolari uçun Özbekistonga 30 kungaça vizasiz tartib joriy qilindi. Natijada yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimi ikki barobarga köpaydi.