Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi faoliyati yanada takomillaştiriladi. Tegişli hujjat loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, quyidagilar:
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati, Qurolli Kuçlar Media markazi va “Vatanparvar” birlaşgan tahririyati negizida Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti;
harbiy okrug qömondonliklari va unga tenglaştirilgan birlaşmalarda matbuot xizmatlari taşkil etilgan.
Belgilab qöyilişiça, Axborot departamenti Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatining boş boşqarmasi maqomiga tenglaştirilgan mustaqil tarkibiy bölinma hisoblanadi.
Quyidagilar Axborot departamentining asosiy vazifalari etib belgilanadi:
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat televideniye kanallari va eşittirişlari, ijtimoiy tarmoqlar, Mudofaa vazirligi, harbiy okrug qömondonliklari va birlaşmalarning rasmiy veb-saytlari, “Vatanparvar” gazetasi, “Özbekiston armiyasi” jurnali, şuningdek, boşqa axborot resurslari orqali, şu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, davra suhbatlari, mediaturlar taşkil etiş yöli bilan aholiga muntazam, töliq va tezkor ravişda axborot taqdim etib boriş;
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, harbiy okrug qömondonliklari va birlaşmalarning rasmiy veb-saytlarida Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda işlab çiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini va mudofaa sohasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni joylaştiriş, mudofaa va harbiy sohada amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş;
ijtimoiy sörovlar ötkaziş va boşqa usullar yordamida jamoatçilik fikrini örganiş orqali Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ijobiy imijini şakllantiriş va kötariş;
özaro hamkorlikda işlaydigan jurnalistlar va blogerlar orqali Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining faoliyatiga oid tezkor xabarlarni tarqatiş, şuningdek işlab çiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasida aholining keng qatlamlari qatnaşişini ta'minlaş;
ommaviy axborot vositalarida muntazam ravişda Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri va uning örinbosarlari, harbiy okrug va birlaşma qömondonlarining çiqişlarini taşkil etib boriş;
ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat teleradiokanallari orqali tarqatiş uçun xabarlar, ma'lumotlar va boşqa şu kabi axborot-tahliliy materiallar tayyorlaş;
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oşirişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yölga qöyiş;
Mudofaa vazirligi faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat ma'lumotlar bazasini şakllantiriş va yangilab boriş;
axborot makoni monitoringini olib boriş va tahlil qiliş, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildiriş, ommaviy axborot vositalari va internet tarmoğida Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi faoliyatiga doir axborotni tarqatiş böyiça işlarni taşkil qiliş.
Belgilab qöyilişiça, Axborot departamentini bir vaqtning özida Özbekiston Respublikasi mudofaa vazirining matbuot kotibi hisoblanadigan, axborot siyosati masalalari böyiça mudofaa vazirining maslahatçisi maqomiga ega bölgan boşliq boşqaradi.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sohaga oid axborot tarqatiş borasida quyidagi eng muhim yönalişlar böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiradi:
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi faoliyatiga oid oçiq ma'lumotlardan jismoniy va yuridik şaxslarning foydalanişi uçun tegişli şart-şaroitlar yaratiş;
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining media tizimi va veb-resurslari, naşriyoti, televizion va studiya faoliyatini rivojlantiriş;
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, harbiy okrug qömondonliklari va birlaşmalar matbuot xizmatlari faoliyatini takomillaştiriş, ular xodimlarining salohiyati va kasbiy tayyorgarligi darajasini mustahkamlaş;
Mudofaa vazirligi, harbiy okrug qömondonliklari va birlaşmalar matbuot xizmatlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etiş, ularning moddiy-texnik bazasini takomillaştiriş;
harbiy-vatanparvarlik va tahliliy yönalişlarda turli yuqori darajadagi va sifatli telekörsatuvlarni tayyorlaş uçun telestudiya taşkil etiş.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti öquv bazasida Mudofaa vazirligining axborot xizmati va harbiy jurnalistika sohasi mutaxassislarining malakasini oşiriş böyiça har yili ikki bosqiçli öquv kurslari taşkil etilişini ta'minlaydi.












