Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi Farmoniga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Svetlana Boymirzayevna Ortiqovaning vakolati muddatidan avval tugatildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati ma'lum qildi.

Prezidentning yana bir farmoniga asosan Svetlana Ortiqova Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Svetlana Ortiqova 1962 yili Namangan viloyati Uçqörğon tumanida tuğilgan. 1987 yili hozirgi Toşkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi böyiça huquqşunos, 1993 yildan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasida turli lavozimlarda işlagan. 

U 2010-2014 yillari Oliy Majlis Senatining Qonunçilik va sud-huquq masalalari qömitasi raisi vazifasida faoliyat körsatgan, şuningdek, 2010 yildan 2015 yilgaça Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari lavozimini egallagan.

Svetlana Ortiqova Senatda 2015 yildan buyon Senat raisi örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.