Özbekistonda köp qavatli avtoturargohlarni bosqiçma-bosqiç barpo etiş böyiça dastur loyihasi işlab çiqiladi. Bu haqda harakat xavfsizligini ta'minlaş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş, yöl harakati iştirokçilariga qulay şart-şaroitlar yaratiş va IIV Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş böyiça «Yöl xaritasi» loyihasida aytilgan.
Hujjatga köra, aholi gavjum böladigan joylarda tirbandliklarning oldini oliş, haydovçi va piyodalarning xavfsiz harakatlanişi uçun şart-şaroitlar yaratiş möljallanmoqda.
Bunda aholi gavjum böladigan bozorlar, savdo markazlari, avtoşohbekatlar yaqinida piyodalar yer osti va yer usti ötiş joylari hamda avtoturargohlar, şuningdek zaruratdan kelib çiqqan holda köp qavatli avtoturargohlarni bosqiçma-bosqiç barpo etiş böyiça dastur loyihasi işlab çiqiladi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ijro muddati - 2020 yil yanvar, mas'ul ijroçilar - Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi, IIV, QR Vazirlar Kengaşi, Toşkent şahar va viloyatlar hokimliklari.












