Toşkent şahar Yöl harakatini taşkil etiş markazi 4-sentabr holatiga poytaxt yöllarida transport harakati böyiça asosiy körsatkiçlarni taqdim etdi.

1,5 millionta avtomobil

Qayd etilişiça, 4-sentabr kuni şahar yöllarida sutka davomida jami 1 502 057 ta transport vositasi harakatlangan. Bu 3-sentabrdagi 1 487 250 ta körsatkiçga nisbatan 14 807 taga (+1%) köp.

Jamoat transporti

Kun davomida 170 ta yönalişda 1 670 ta avtobus harakatlanib, ular orqali 1 228 158 nafar yölovçi taşilgan.

Toşkent metropoliteni orqali esa iş kuni davomida 862 053 nafar yölovçi manziliga yetkazilgan.

Tirbandlik

Vaziyatlar markazi monitoringi davomida kunning tiğiz vaqtida:

  • 6 ta çorrahada tirbandlik darajasi 7 ballga yetgan;
  • 1 ta çorrahada esa tirbandlik darajasi 7 balldan oşgan.

Tirbandlik kuzatilgan nuqtalarda transport oqimini barqarorlaştiriş maqsadida svetoforlarning iş rejimi muvofiqlaştirilib, zarur yönalişlarda yaşil signal vaqti uzaytirildi.

Şuningdek, harakatni tartibga soliş uçun zarur çorrahalarga YPX xodimlari jalb qilindi.

YTHlar

Kun davomida yöl harakati qoidalari buzilişi böyiça 4 751 ta holat qayd etildi.

22 ta yöl-transport hodisasi sodir bölib, ular oqibatida 4 nafar fuqaro oğir tan jarohati olgan.

“Vaziyatlar markazida poytaxt yöllaridagi transport oqimi va tirbandlik holati real vaqt rejimida kuzatilib, harakat intensivligidan kelib çiqib svetoforlarning iş rejimiga tezkor özgartirişlar kiritib borilmoqda.

Mazkur çoralar yuqori transport yuklamasi kuzatiladigan uçastkalarda harakat barqarorligini taʼminlaş, tirbandliklarning ortib ketişiga yöl qöymaslik hamda yöl harakati iştirokçilari uçun xavfsiz va qulay şaroit yaratişga qaratilgan”, – deyiladi YHTM axborotida.