Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda tartibli avtoturargoh taşkil etiş hamda jamoat makonini obodonlaştiriş loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi rasmiy kanalida qayd etilişiça, avtoturargoh mavjud landşaftga uyğun tarzda joylaştiriladi. Bunda hudud içidagi va uning perimetri böylab joylaşgan daraxtlar saqlab qolinadi. Avtoturargoh taşkil etiş uçun daraxtlarni kesiş közda tutilmagan. Aksinça, loyiha doirasida hududni qöşimça kökalamzorlaştiriş, 1 000 tupdan ortiq daraxt va butalar ekiş közda tutilgan. Şuningdek, uşbu hududda kapital quriliş işlari ham nazarda tutilmagan.
Avtoturargoh joylaridan taşqari, texnik şartlarda piyodalar va velosiped yölaklari, dam oliş hududlari, qöşimça kökalamzorlaştiriş, bolalar va vorkaut maydonçalari, yengil konstruksiyalardan iborat sport obyektlari, sanitariya xonalari, videokuzatuv tizimi, böş avtoturargoh joylari haqida maʼlumot beruvçi elektron tablolar hamda zamonaviy tölov tizimini taşkil etiş közda tutilgan. Loyiha doirasida, şuningdek, 720 metr uzunlikdagi yangi piyodalar yölagi barpo etiladi.
Yer uçastkasini elektron auksionga çiqariş rejalaştirilmoqda. Obyektdan 10 yil muddatga foydalaniş huquqini qölga kiritadigan xususiy şerik belgilangan investitsiya majburiyatlarini bajarişi, şuningdek, hududni saqlaş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştirişni taʼminlaşi lozim böladi.
Taʼkidlanişiça, hududdagi mavjud daraxtlar va piyodalar uçun ajratilgan maydonlarni saqlab qoliş davlat-xususiy şeriklikning majburiy şartlaridan biri bölib, avtoturargoh xizmatidan tuşadigan mablağlarning 20 foizi şahar byudjetiga yönaltiriladi.
Şu bilan birga, hudud özining jamoat uçun möljallangan funksiyasini saqlab qoladi. Maxsus va tezkor xizmat transport vositalarining hududga kirişi bepul böladi.
Bundan taşqari, şartnoma şartlariga köra, şahar hokimiyati talabi bilan avtoturargoh hududi bayramlar, festivallar va boşqa ommaviy tadbirlarni ötkaziş uçun taqdim etilişi lozim. Hududdan bunday maqsadlarda foydalanişning umumiy muddati yiliga 60 kungaça bölişi mumkin.










