Insoniyatning şiddat bilan rivojlana borişida axborot texnologiyalarining hissasi ulkan. Layfxaker fikrlaş tarzi boşqalardan özgaça bölgani uçun ham şu sohada yuksak natijalarga erişgan va kelajakni yaqinlaştirgan tört insonni sanab ötdi.

Bill Geyts

Bill Geyts rafiqasi Melinda bilan
Foto: Frederic Stevens / Getty Images

Bill Geyts — Microsoft asosçilaridan biri, ilk Windows’ni işlab çiqqan insonlardan. 64 yoşli milliarder dunyoni yanada yaxşiroq va texnologik körinişga keltiriş harakatida davom etmoqda, biroq u endilikda faoliyatini Microsoft rahbari emas, erkin investor va filantrop sifatida olib bormoqda. U turli sohalardagi texnologik işlanmalarni faol tarzda moliyalaştirib, ular haqida ommaga ma'lum qiliş orqali qöşimça mablağ jalb etyapti.
Misol uçun, Bill Geyts uran-235ni oddiy uran-238ga almaştiriş istagidagi energetika kompaniyalariga sarmoya kirityapti. Şuningdek, u OIVga qarşi kuraşiş uçun irsiyat terapiyasini işlab çiqarişni moliyalaştirmoqda va sun'iy göşt işlab çiqariş böyiça startaplarga pul tikyapti.

Ana şu taşabbuslarning ayrimlari allaqaçon samara berib ulgurdi. Masalan, Impossible Foods tayyorlagan göştli burgerlar Amerika restoranlarida ommalaşib bormoqda.

Göşsiz burger: Amerika fastfud biznesida inqilobiy davr boşlandimi?​​​​​

Pavel Durov

Foto: Manuel Blondeau / Getty Images

Durov birinçi galda Rossiyadagi eng maşhur ijtimoiy tarmoq – «VKontakte» asosçisi sifatida maşhur. U «Odnoklassniki»dan biroz keyinroq paydo böldi, biroq öşa zahotiyoq muloqot uçun asosiy servis örnini egalladi.

Durov kompaniyani 2014 yilda tark etdi. Köp ötmay, Telegram messenjeri bilan xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatga erişdi. Yirik raqobatçilarga qaramay, Pavel servis xavfsiz va undagi yozişmalar maxfiy bölişi kerak, degan asosiy ğoyani işlab çiqdi va unga sodiq qoldi.

Yozişmalarning himoyalangani, tezkorlik, bulutli servis hamda minglab stiker, bot va kanallar Telegram’ga maşhurlik olib keldi. Hozir messenjer foydalanuvçilari soni 200 milliondan ortiqni taşkil etadi.

Telegram takomillaştirilib, yangi funksiyalar bilan boyib bormoqda. 2020 yil bahorida messenjerning öz kriptovalutasi – Gram işga tuşişi mumkin. 2018 yili sarmoyadorlar unga 1,7 milliard dollar sarmoya kiritişgan edi. Aksionerlar qatorida Roman Abramoviç ham bor.

Rejaga binoan, Gram – Bitcoin yoki Ethereum’ga öxşab qolmaydi, balki Visa va MasterCard kabilarning muqobiliga aylanadi. Ya'ni ilk ommaviy kriptovaluta bölişi kutilmoqda. Gram şunday şaklda yaratiladiki, undan Telegram`ning istalgan foydalanuvçisi foydalana oladigan böladi.

Jyeff Bezos

Foto: Grant Miller / GWBPC 

Amazon asosçisi nafaqat dunyoning badavlat kişisi, balki progressiv texnologiyalarga sarmoya kirituvçi vizioner sifatida ham maşhur.

Bezos Amazon’ga 1994 yilda asos solgan. U vaqtda Bezosning ğoyasi kiçik internet-dökondan iborat edi. Bugunga kelib loyiha – deyarli istalgan narsani topiş mumkin bölgan yirik savdo maydoniga aylangan.

Savdolardan taşqari Amazon işlab çiqariş bilan ham şuğullanadi. Kindle elektron kitoblari va öz ovozli yordamçisi Alexa’ga ega aqlli Echo kolonkalari şular jumlasidandir.

Buyurtmalarning ulkan oqimi Amazon’ni içki logistikani takomillaştiriş va omborxona hamda yetkazib berişni optimizatsiya qiliş bilan şuğullanişga undadi. Buning uçun kompaniya maşina yordamida örganişga asoslangan sun'iy idrokdan foydalana boşladi. Bezosning tadbirkorlik qobiliyatlari bu safar ham qöl keldi: Amazon savdo maydoni içida taşqi mijozlarga turli texnologiyalarni taklif etişni boşladi. Şu tariqa, Amazon Web Services paydo böldi.

Hozirda kompaniya işlanmalaridan Toyota ham foydalanadi. Sun'iy idrok avtokonsernga haydovçisiz avtomobillarni yaratişda yordam beradi.

2000 yilda Jyeff Bezos Blue Origin xususiy aerokosmik kompaniyasiga asos soldi. Uning maqsadlari juda ulkan – insonlarni Oyga qaytariş. Blue Origin 2020 yilda Oyni özlaştirişga tayyorlanmoqda.

Şuningdek, Amazon haydovçisiz yetkazib beruvçilar borasida ham yetakçi sanaladi. Aviaxizmat ruxsat bersa bölgani, osmon Bezos kompaniyasi logotipi tuşirilgan yuzlab dronlarga töladi.

Mark Tsukerberg

Chesnot / Getty Images

Mark Tsukerberg — Facebook ijtimoiy tarmoğining asosçilaridan biri. Undan hozirda 2 milliarddan ortiq kişi foydalanmoqda.

2019 yilda Facebook platformasi asosida yangi Libra kriptovalutasi sinovdan ötkazila boşlandi. Tahlilçilarga köra, bu kriptovaluta vositasida ötkazilgan operatsiyalar uçun Facebook komissiya olmaydi, kurs esa bir neça valutalar birliklari qiymatiga asoslanadi, bu esa nisbiy barqarorlikni ta'minlaydi.

Biroq Tsukerberg muvaffaqiyatli tadbirkorlik bilan çeklanmagan. U mablağining yarmidan köpini hadya etiş böyiça milliarderlar dasturiga qöşilgan. 2015 yilda rafiqasi Prissilla bilan «Çan Tsukerberg taşabbusi» fondiga asos soldi. Juftlik jamğarmaga Facebook aksiyalarining 99 foizini ötkazişga qaror qilgan. Fondning pullari köplab kasalliklarni davolaş va profilaktikasi, şuningdek, hujayralarni biologik tadqiqotlar uçun vizualizatsiya qilişga yönaltirildi.

Tsukerberg davlat maktablari va ta'lim sohasidagi startaplar, jumladan informatika darajasini yangi bosqiçga olib çiquvçi Code.org taşkilotiga mablağ ajratadi. Şuningdek, u Vicarious – neokorteks (boş miyaning qatlamlari sohasi) funksiyalarini örganiş va uni kompyuter kodiga aylantiriş bilan şuğullanadigan startapni ham moliyalaştirgan. Agar  tadqiqotlar muvaffaqiyatli yakunlansa, sun'iy idrok inson idrokiga yetib olişi mumkin.