O‘zbekiston | 18:00 / 12.11.2019
9078
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazidagi birorta uy avariya holatida emas – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Bugun, 12 noyabr kuni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan «OAV, shuningdek, internet tarmog‘ida Respublika bo‘yicha inventarizatsiyadan o‘tkazilgan ko‘p qavatli uylarning seysmik holatini aniqlash, avariya holatidagi ko‘p qavatli uylarni kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish, «snos» masalalariga oid tanqidiy materiallarga munosabat» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ma'lum qilinishicha, uy-joylarni buzish to‘g‘risida xulosalar faqat instrumental tekshiruvdan so‘ng qabul qilinishi kerak, shuning uchun mintaqaviy loyihalash tashkilotlari tomonidan respublikadagi 57ta uyni buzish zarurligi haqidagi ma'lumotlar hozircha asossizdir.

Andijon, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarida uylarning yaroqliligiga doir o‘rganish ishlari yakuniga yetkazilgan. Ushbu viloyatlarda instrumental (batafsil) o‘rganishlar natijalari bo‘yicha berilgan texnik xulosalarga asosan, o‘rganishlar o‘tkazilgan jami 87ta uydan 68tasi kapital ta'mirlashga muhtoj, 4tasi rekonstruksiya qilinishi va 15ta ko‘p kvartirali uylar bo‘yicha (Andijon – 3ta, Sirdaryo – 8ta va Samarqand – 4ta) esa kapital ta'mirlash yoki rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiq emas deb topilgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi vakili Alipasha Ahmedovning alohida ta'kidlab o‘tishicha, Toshkent shahrining markaz hududlarida avariya alomatlari mavjud bo‘lgan uylar aniqlanmagan va shu sababli Toshkent markaziy hududlaridagi birorta uyda ham instrumental (batafsil) o‘rganishlar ko‘zda tutilmagan. 

Mavzuga oid