Yaqinda oliy ma'lumot töğrisidagi diplomning eng yoş egasiga niderlandiyalik 9 yoşli Loran Simons aylanadi, u bir neça oydan söng Eyndxoven texnika universitetini bitiradi.
Hozirgaça oliy ma'lumot töğrisidagi diplomning eng yoş egasi 10 yoşida Alabama universitetini bitirgan amerikalik Maykl Karni hisoblanar edi.
Loran Simons elektrotexnika fakultetida tahsil olmoqda. U universitetga atigi bir yil oldin kirgan.
Vunderkind maktabning örta va yuqori sinflari olti yillik dasturini atigi 1,5 yil içida özlaştirdi va ötgan yil yozda, sakkiz yoşida, örta ma'lumot haqida attestat oldi.
Yozgi ta'tildan söng, u universitetda öqişni boşladi. Qayd etilişiça, universitet dasturini ham barça kursdoşlariga qaraganda ança tezroq özlaştirgan.
Bolaning IQ darajasi 145ga teng, u fotografik xotiraga ega. Loranning sözlariga köra, eng sevimli fani - matematika, sababi statistika, geometriya va algebrani öz içiga oladi.
Kelajakda u kardiojarroh bölişni xohlayapti. Bola maktabda öqigan paytidayoq Amsterdam universitetining tibbiy fakultetidagi maxsus kursda tahsil olgan.
Loran Simonsning sözlariga köra, odamlar hayotini uzaytiriş uçun vosita topişni orzu qiladi.
Loran Simonsning onasi Belgiyadan, otasi esa hollandiyalik. Bola Belgiyada tuğilgan, keyin oila Niderlandiyaga köçib ketgan.
Ota-onasining sözlariga köra, ular oilada vunderkind ulğayib kelayotganini juda erta bilişgan. Lorenning otasi aytişiça, öğli, tengdoşlaridan farqli ölaroq, öyinçoqlarga unçalik qiziqmasdi.
«Agar u ertaga duradgor bölişga qaror qilsa, bu biz uçun muammo bölmaydi. Muhimi, bu uning özini xursand qilsa böldi», - degandi Lorenning otasi bir yil oldin, öğli universitetga kirganida.












