Germaniyaning Braunşveyg şahri prokuraturasi Volkswagen konsernining uç nafar sobiq va bir nafar amaldagi top-menejyerini huquqbuzarlikda aybladi. Prokuraturaning bildirişiça, ularning bu xatti-harakatlari oqibatida avtokonsern 5 mln yevrodan ortiq zarar körgan.

Ayblovda aytilişiça, Volkswagen boşqaruvining ikki nafar sobiq a'zosi hamda ikki menejyeri 2011 yildan 2016 yilgaça bölgan davrda işlab çiqariş kengaşi tarkibidagi xodimlarga oşirilgan maoş va mukofotlar belgilaşgan. Şu bilan birga, körsatilgan summaning 3 mln yevrosi işlab çiqariş kengaşi raislarining maoşi uçun sarflangan.

DPA agentligining xabariga köra, konsern xodimlarning oylik va mukofotlari oşirilişi qonunga muvofiqligini örganişni va ayblovlar işlab çiqaruvçiga emas, alohida şaxslarga nisbatan ilgari surilişi kerakligini ta'kidlamoqda.