Bugun, 13 noyabr kuni «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «Odam savdosiga qarşi kuraşişda sudlarning örni» mavzusidagi xalqaro konferensiya öz işini boşladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, Taraqqiyot strategiyasi markazi ijroçi direktori Eldor Tulyakov, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining (YeXHT) odam savdosi bilan kuraş böyiça maxsus vakili Valiant Riçi, Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi sudyasi Oleg Zatelepin iştirok etdi.
Şuningdek, xalqaro konferensiyada Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Vengriya, Gruziya, Gretsiya, Italiya, Ispaniya, Qozoğiston, Kipr, Qirğiziston, Tojikiston, Latviya, Portugaliya, Rossiya, Ruminiya, Ukraina, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Buyuk Britaniya, AQŞ va Fransiyadan xalqaro ekspertlar ham qatnaşdilar.

Tadbirni oçib beriş uçun söz Özbekiston Senati raisi, Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraş milliy komissiyasi rahbari Tanzila Norboyevaga berildi.
«Bugungi tadbirdan odam savdosi muammosi davlat siyosati darajasiga kötarilganini köriş mumkin. 2019-2020 yillarda odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş sohasida davlat organlari samaradorligini oşiriş böyiça birinçi navbatda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar rejasi qabul qilindi. Odam savdosi va majburiy mehnatga qarşi kuraş böyiça qilinayotgan işlarni keng jamoatçilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkaziş maqsadida media reja tasdiqlandi. Xalqaro mehnat taşkiloti, AQŞ Davlat departamenti, Sotton Campaign, Human Righs Watch xalqaro taşkilotlarining maslahatlarini inobatga olgan holda, odam savdosi va majburiy mehnat sohasida Özbekiston pozitsiyasini yaxşilaşga qaratilgan yöl xaritasi işlab çiqildi.

Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yöl qöyganlik uçun javobgarlik normasini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qöşimçalar kiritişga oid qonun loyihasi işlab çiqildi va hozirgi kunda Oliy Majlis Qonunçilik palatasida körib çiqilmoqda.
Şuningdek, xalqaro tajribani hisobga olgan holda «Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida qonun loyihasi işlab çiqildi. Mazkur qonun loyihasi ham Oliy Majlis palatalariga kiritiş uçun tayyorlanmoqda. Senatning dekabrdagi yalpi majlisi muhokamasiga mana şu qonun loyihalarini kiritiş rejalaştirilgan», – deydi Norboyeva.







