Ellik mamlakatdan 150 nafarga yaqin parlamentariyni birlaştirgan mazkur xalqaro anjuman inson huquqlarini himoya qiliş, yoşlarning qarorlar qabul qiliş jarayonlaridagi iştirokini kengaytiriş hamda zamonaviy tahdidlarga birgalikda yeçim topiş masalalarini muhokama qiliş uçun muhim muloqot maydoni bölgani alohida qayd etildi.

Yiğiliş davomida Samarqand konferensiyasiga bağişlangan videolavha namoyiş etildi. Unda anjumanning muhim lahzalari va erişilgan natijalar aks ettirilib, Özbekistonning yoşlar parlamentarizmini rivojlantiriş borasidagi tajribasi xalqaro parlament hamjamiyati eʼtiboriga havola qilindi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva Samarqandda bildirilgan ğoyalar va qabul qilingan tavsiyalar amaliy natijalarga aylanişi kerak ekanligini taʼkidlab, şu maqsadda konferensiyaning yakuniy hujjati eʼlon qilingani va u kelgusi işlar uçun yöl xaritasi sifatida foydalaniş uçun muhim ekanligini maʼlum qildi.