Özbekiston hukumati vakillaridan iborat işçi guruh BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini (BRM) röyobga çiqariş yuzasidan hozirga qadar davlat tomonidan qilingan işlar va ularning samaradorligi yuzasidan keng miqyosdagi tahlil ─ Ixtiyoriy milliy tahlil (IMT)ni ötkazadi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, mazkur tahlil natijalari BRMni tatbiq etiş masalalariga bağişlab har yili ötkaziladigan yuqori darajadagi siyosiy forumning 2020 yil iyul oyidagi yiğilişida taqdim etiladi.

Ixtiyoriy milliy tahlil (Voluntary National Reviews) BRMni amalga oşiriş yölida davlatning sa'y-harakatlarini baholaş va keyingi qadamlarini belgilaş maqsadida ötkaziladi. Har bir davlat tomonidan taqdim etilgan IMT yuqori darajadagi siyosiy forumda tinglanadi.

Mazkur tahlilni ilk marotaba ötkazayotgan Özbekiston bu borada Gruziya modeliga asoslanadi. Gruziya öz IMTini 2016 yilda muvaffaqiyatli taqdim etgan.

Şu maqsadda Özbekiston hukumati, mamlakatdagi fuqarolik jamiyati va OAV vakillaridan iborat delegatsiya joriy yilning 4-8 noyabr kunlari Gruziyaga taşrif buyurdi. Unda Gruziyaning moliya, statistika, ijtimoiy himoya, adliya, parlament yönalişlarida Barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşiriş jarayoni va ularning samaradorligini baholaş tizimi böyiça batafsil ma'lumot olindi.

Özbekiston delegatsiyasi Gruziyada

Şuningdek, korrupsiyaga qarşi kuraş, aholiga yuridik xizmat körsatiş borasida ham Gruziya tajribasi örganildi.

Gruziya Savdo-sanoat palatasi vakili Diana Xomerikining qayd etişiça, Gruziya va Özbekiston hozirga qadar BRM masalasida yetarliça taşabbus körsatmagan.

Diana Xomeriki

«Gruziya va Özbekiston örtasidagi hamkorlik dasturi har ikki tomon uçun ham katta tajriba maktabi böldi. Gruziya ikkinçi marotaba yuqori darajadagi siyosiy forumda ixtiyoriy milliy tahlilni taqdim etadi. Bu borada öz tajribamiz hamda duç kelgan muammolarimiz böyiça xulosalarni Özbekiston bilan bölişmoqdamiz.

Hozirga qadar Gruziya ham, Özbekiston ham BRMni joriy etişda sust iş olib borgan. Ammo endilikda BRMni tatbiq etişda faollaşiş va özaro uzviy hamkorlik olib borişga kelişib olindi. Şuningdek, har ikki davlat Savdo-sanoat palatalari tomonidan bu jarayonga faqatgina davlat taşkilotlarini emas, xususiy sektor vakillarini ham faol jalb qiliş masalasi muhokama qilindi», – deydi Diana Xomeriki.

Delegatsiya taşrifi davomida berilgan ma'lumotlarga qaraganda, Özbekistondan farqli ölaroq, Gruziyada nodavlat-notijorat taşkilotlari ham BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini röyobga çiqariş jarayonida faol iştirok etadi. Xususan, ekologiya muhofazasi bilan şuğullanuvçi CENN nodavlat-notijorat taşkiloti vakillari BRMni milliylaştiriş işçi guruhi tarkibiga kiritilgan hamda ular öz faoliyatini BRM tatbiği bilan uyğunlaştirgan holda olib boradi.

Özbekiston delegatsiyasi Gruziyada

«Bizning taşkilotimiz BRMni milliylaştiriş böyiça işçi guruhning tarkibiga kiritilgan. Biz BRM böyiça aniq taklif va ğoyalarga egamiz. Masalan, özimizning barça loyihalarimizni BRM bilan boğlaşga harakat qilamiz. Gruziyadagi maktablar uçun ötkaziladigan tanlovimiz bor. Bu tanlovda iştirok etuvçilar öz loyihalari, ğoyalarini BRM bilan boğliq holda taqdim etişlari kerak. Bu jarayonda ular BRM haqida tasavvurga ega bölib borişadi.

Aholi BRM haqida nafaqat şunçaki bilimga ega bölişi, balki uni amalga oşirişda real ğoyalarni ham yaratişi kerak. BRM öta umumiy narsadek körinsa-da, har bir eng kiçik va lokal muammolar ham u bilan boğliq bölişi mumkin. Biz öz loyihalarimizda şu boğliqlikni körsatişga, BRMni ommalaştirişga harakat qilamiz», – deya ta'kidlaydi CENN mutaxassisi Tamar Iakobidze.

Tamar Iakobidze

Ma'lumot uçun, Barqaror rivojlaniş maqsadlari – 2012 yilda BMT tomonidan işlab çiqilgan dastur bölib, u har bir inson uçun farovon turmuş tarzini yaratişga xizmat qiluvçi iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik körsatkiçlarni öz içiga oladi. Mazkur maqsadlar BMTga a'zo barça davlatlar tomonidan 2015-2030 yillarda amalga oşirilişi kun tartibiga kiritilgan.

BRM dasturi 17ta global maqsadni hamda ular bilan boğliq 169ta vazifani öz içiga oladi: 1) qaşşoqlikni yöqotiş; 2) oçlikni tugatiş; 3) soğlik va farovonlik; 4) sifatli ta'lim; 5) gender tengligi; 6) toza suv va sanitariya; 7) arzon va toza energiya; 8) munosib iş örinlari yaratiş va iqtisodiy ösiş; 9) sanoatlaştiriş, innovatsiyalar, infratuzilma; 10) tengsizlikni kamaytiriş; 11) barqaror şaharlar va qulay yaşaş joylarini yaratiş; 12) mas'uliyatli iste'mol va işlab çiqariş; 13) iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş; 14) dengiz ekotizimlarini asraş; 15) quruqlikdagi ekotizimlarni asraş; 16) tinçlik, adolat va samarali boşqaruv; 17) barqaror rivojlaniş yölida hamkorlik.

Özbekiston mazkur maqsadlardan 16tasini milliylaştiriş va amalga oşiriş vazifasini öz oldiga qöygan. Respublika hududida dengiz havzalari mavjud bölmagani bois, 14-maqsad (dengiz ekotizimlarini asraş) Özbekiston tomonidan milliylaştirilmagan.

BRM dasturining BMTga a'zo davlatlar tomonidan ma'qullanişi va amalga oşirilişi insoniyatni qaşşoqlikdan xalos qiliş, Yer sayyorasini yaxşilaşni nazarda tutadi.