MIB, içki işlar va çegara qöşinlarining idoralararo hamkorlik tizimi qayta körib çiqildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
“Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati bölgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga köra ijro etmagan qarzdor jismoniy şaxsning Özbekistondan çiqişini vaqtinça çeklaşni ta'minlaş yuzasidan Majburiy ijro byurosi, Içki işlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlarining hamkorligi tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Unga köra, qarzdor jismoniy şaxsning Özbekistondan çiqişini vaqtinça çeklaş ijro hujjati qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga köra ijro etilmaganda qöllaniladi.
Quyidagi hollarda qarzdorning çetga çiqişi çeklanmaydi:
qarz miqdori BHMning 5 baravaridan (1 115 000 sömdan) oşmasa (avval bu miqdor 446 000 ni taşkil etgan), aliment yoki boşqa davriy tölovlarni undirişni nazarda tutuvçi ijro hujjatlari bundan mustasno;
sud qarorini ijro etiş uçun yetarli mol-mulk olib qöyilgan bölsa;
qarzdor yuridik şaxs bölganda.
Qarzdorning çetga çiqişini vaqtinça çeklaş töğrisida undiruvçi (uning vakili) ariza bilan MIBga murojaat etişi mumkin.
Arizani körib çiqiş natijasi böyiça qaror çiqariladi yoki ariza rad etiladi.
Çeklov qöyilganligi va olib taşlanganligi haqidagi ma'lumot idoralararo hamkorlik tizimi orqali içki işlar organlari va Çegara qöşinlariga yuboriladi.
Qarzdorning çetga çiqişi vaqtinça çeklanganligi yoki olib taşlanganligi haqida unga yozma (elektron poçta) va telefon (mobil aloqa) orqali SMS yuboriladi.
Quyidagi hollarda çeklov töxtatib turiladi va qarzdorning çetga çiqişiga ruxsat beriladi:
Özbekistondan taşqarida kasalxonaga yotqizişni talab qiladigan hollarda;
Özbekistondan çiqib ketuvçi delegatsiya tarkibiga kiritilganda.
Çegara hududlarda çetga çiqişi vaqtinça çeklangan qarzdor aniqlanganda, unga bu haqda töliq ma'lumot beriladi va mib.uz sayti orqali ma'lumot olişi mumkinligi tuşuntiriladi.












