2019 yilning 15 noyabr kuni Toşkent şahrida Markaziy Osiyo davlatlari taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi bölib ötadi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston TIV rahbarlari tomonidan Toşkent şahrida bölib ötadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik jarayoni körib çiqiladi.

Mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş istiqbollarini muhokama qiliş, şuningdek, xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.