Toşkent şahrida 13-14 noyabr kunlari “Odam savdosiga qarşi kuraşişda sudlarning örni” mavzudagi xalqaro konferensiya bölib ötmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Özbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva konferensiyada kötarilgan mavzu yuzasidan öz fikrlarini bildirib ötdi.
«Tuşuntiriş va tarğibot işlari natijasida oxirgi ikki yilda odam savdosi bilan boğliq jinoyatlar qariyb 3,2 barobarga kamaydi. Majburiy mehnat masalasida şu yilning özida 250 nafar mansabdor şaxsga ma'muriy javobgarlik qöllanildi.

Lekin bu bilan sohada muammolar hal etildi, deb ayta olmaymiz. Ayniqsa, huquq-tartibot organlarining xalqaro hamkorlik işlari bugungi kun talabiga töliq javob bermaydi. Odam savdosi jinoyati – nafaqat bir davlatning muammosi, bu – transmilliy jinoyatdir. Bu hudud va çegara tanlamaydi.
Jinoyatlarning qaysi bir turi bölmasin, bu insoniyat sivilizatsiyasiga oçiqdan-oçiq tösiq bölmoqda. Şuning uçun, har bir davlat odam savdosi böyiça jinoyatlarga qarşi ayovsiz kuraşişi, sud idoralari qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolatni örnatişi, jinoyatlarni sudlarda körişda jazo muqarrarligi prinsipiga qat'iy rioya qiliş kerak böladi. Şuning uçun bu masalada xalqaro hamkorlik masalasi şu majlisda kelişib olinişi zarur», – deydi Tanzila Norboyeva.

Konferensiyaning ilk kunida xorijiy va özbekistonlik ekspertlar sözga çiqib, masala yuzasidan öz taklif va muloxazalarini bildirişdi.
Törtta sessiyadan iborat konferensiya ikki kun davom etadi.








