Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi respublikada reklama bozorini tartibga soluvçi mavjud normativ-huquqiy baza böyiça eng köp berilayotgan savollarga javob qaytardi.
Reklama bozori qaysi organ tomonidan tartibga solinadi?
Özbekiston Respublikasi prezidentining “Iste'molçilar huquqlarini himoya qilişning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga binoan Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş Agentligi tuzilgan. Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş Agentligi iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş va reklama bozorini tartibga soliş sohasida yagona davlat siyosatini hamda davlat organlari va taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştirişni amalga oşiruvçi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlikning asosiy vazifasi – iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş va reklama bozorini tartibga solişda yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşirişdan iborat.
Bugungi kungaça reklama qonunçiligi masalasi bilan qaysi organ şuğullangan?
Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş Agentligini taşkil etilişi bilan reklama sohasida yagona davlat organi tuzildi.
Joriy yilning yanvar oyiga qadar uşbu funksiyani Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi bajargan.
Özbekistonda reklama bozori rivojlanmoqdami?
2018 yil 1 dekabr holatiga Özbekistonda reklama konstruksiyalarining soni 9 605 ta bölgan bölsa, joriy yilning 1 sentyabr holatiga ularning soni 10 170 tani taşkil etgan.
Statistika ma'lumotlariga köra, respublika taşqi reklama bozori rivojlanmoqda va uning reklama bozoridagi uluşi 22 – 25 foizgaça taşkil etmoqda, xuddi şu körsatkiç jahon bozorida taxminan 5-7 foizga teng.
“Reklama töğrisida”gi qonunga tuzatişlar kiritiş kerakmi?
Özbekiston Respublikasi “Reklama töğrisida”gi Qonuni 1998 yilda qabul qilingan bölib, mana 20 yildan beri unga amal qilib kelinmoqda. Tabiiyki, unga tegişli tuzatişlar kiritiş vaqti kelgan.
Şu munosabat bilan, bugungi kunda “Reklama töğrisida”gi qonunni rivojlangan bozorning yangi talablariga mos keladigan yangi tahriri işlab çiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bevosita ta'sir körsatadigan qonun sifatida işlab çiqilib, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Qonunning asosiy vazifalari va tatbiq etiş sohalarini yanada kengaytiriş;
yangi asosiy tuşunçalar;
reklama sohasida Vazirlar Mahkamasi, vakolatli organ va nodavlat taşkilotlarning qöşimça vakolatlari;
reklama töğrisidagi qonunçilik talablariga rioya etilişini tahlil etiş tartibi, şuningdek reklamani reklama töğrisidagi qonun talablariga muvofiqligini ekspertizadan ötkaziş;
reklama faoliyati sub'yektlarining huquqlari va majburiyatlari;
reklamaga nisbatan umumiy va maxsus talablar, xususan, reklamadagi yangi taqiqlovçi normalar va reklamani işlab çiqariş, tarqatiş va joylaştirişda voyaga yetmaganlarni himoyalaşga bölgan talablarni köpaytiriş;
homiylik böyiça talablar bilan bir qatorda, reklama sohasidagi hamkorlik uçun normalarni kiritiş;
reklama vositalarining alohida turlariga, xususan, televideniyeda reklama, telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda transportdagi reklama, şuningdek taşqi reklama va taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) örnatişga nisbatan talablar;
tovarlarning alohida turlariga, ya'ni dori vositalari, biologik va oziq-ovqat qöşimçalari, bolalarga möljallangan oziq-ovqatlar, alkogolli içimliklar, tamaki va tamaki mahsulotlari, çilim, elektron sigaretlar, pirotexnika vositalari. Qurol-yaroğ va harbiy xizmat uçun möljallangan mahsulotlarni reklama qiliş nisbatan mavjud talablarni yanada kengaytiriş;
yuridik şaxslarning reklama töğrisidagi qonunçilik talablarini buzişiga nisbatan javobgarligini tiklaş, şuningdek qonunçilikning alohida normalarini buzganlik uçun yangi dispozitsiyalar va sanksiyalar.
Mazkur qonun loyihasi tegişli vazirlik va idoralarning, şuningdek reklama bozori sub'yektlarining takliflarini hisobga olgan qayta işlab çiqildi va kelişiş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi №702-sonli qarori qanday maqsadda qabul qilindi?
Reklama bozorida soğlom raqobat muhitini yaratiş, respublika aholi punktlari qiyofasini yaxşilaş, şuningdek, taşqi reklama sohasidagi faoliyatni yanada takomillaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi №702-sonli “Taşqi reklamani joylaştiriş sohasidagi faoliyatni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan.
Uşbu qaror bilan bir qator yangiliklarni kiritiş taklif qilingan. Xususan, yangi joylar röyxatini tuziş (avval sub'yektlar özlari qidirişgan), oçiq elektron savdolar orqali taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) örnatiş huquqini oliş (avval sababsiz rad etişlar yoki “alohida tölov” evaziga ruxsat beriş xollari mavjud edi), taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uçastkalarida 10 yilgaça muddatga, davlat mulki bölgan binolar va inşootlarda 5 yilgaça muddatga joylaştiriş huquqini beriş (avval muddat körsatilmas va istalgan vaqtda hokimiyatlar tomonidan bekor qilinişi mumkin edi).
Uşbu yangiliklar tizim şaffofligini ta'minlaş va mazkur bozorga yangi sub'yektlarni kirişiga qulayliklar yaratiş maqsadida joriy etildi.
Ma'lumot uçun:
• 2018 yilning 26 sentyabr holatiga Toşkent şahrida 453 ta sub'yektning 6227 ta konstruksiyalarga pasporti bor;
• 453 ta sub'yekt içida 10 ta kompaniya hissasiga 3244 (yoki 52,1%) ta konstruksiya töğri keladi;
• 282 tadbirkorlar (kompaniyalar) yoki 62,2% bittadan (213) yoki ikkitadan (59) konstruksiyalarga ega;
• 39 yakka tartibdagi tadbirkorlar 1128 (18,1%) konstruksiyaga ega;
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida qanday yangi tartiblar közda tutilgan?
Vazirlar Mahkamasining “Taşqi reklama bozorini tartibga soliş töğrisida”gi qarori loyihasida barça zaruriy normalar (taşqi reklama bozori monitoringi va auditi, noqonuniy reklamani oldini oliş yoki uni qonuniyligini ta'minlaş) nazarda tutilgan.
Vazirlar Mahkamasining 702-sonli qarorida quyidagilarni tasdiqlaş nazarda tutilgan Hukumat qarori loyihasini tayyorlaş topşirilgan:
taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini), şu jumladan binolarning taşqi qurilmalari va fasadlarini quriş, ijtimoiy-jamoatçilik faolligi, tarixiy-madaniy qadriyatlarga qarab aniqlanadigan şaharlarning va şahar zonalarining kategoriyasini hisobga olgan holda ruxsat etiladigan toifa va köriniş, dizaynerlik yeçimlari va reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylaştiriş tartibi;
taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joylaştiriş uçun beriladigan yer uçastkalari, davlat mulki bölgan bino va inşootlar röyxatini, ularning soni, hajmi va şaharlar yoki şahar zonalari kategoriyasiga muvofiq holda şakllantiriş tartibi;
“taşqi reklama” tuşunçasini aniqlaştirgan holda taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uçastkalari, davlat mulki bölgan bino va inşootlarda joylaştiriş huquqini elektron auksionlar orqali sotiş tartibi;
taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) örnatiş tölovlari miqdorini aniqlaş, şu jumladan ijtimoiy yoki tijorat reklama ma'lumotlarini mavjudligidan qat'i nazar, şuningdek, taşqi reklamani joylaştiriş uçun yiğimlarning tabaqalaştirilgan miqdorlarini belgilaş tartibi;
taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining texnik reglamenti;
muayyan maydonda ruxsat etiladigan reklama konstruksiyalari miqdordan kelib çiqib hisoblanadigan taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari)ni örnatiş normativlari.
Taşqi reklama monitoringi kim tomondan amalga oşiriladi?
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasining 4 bandida tumanlar (şaharlar) hokimiyatlariga taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalari) monitoring qiliş va taşqi reklamani noqonuniy joylaştiriş holatlarini aniqlaş topşirilgan.
Mavjud konstruksiyalarni inventarizatsiya qiliş böyiça maxsus komissiyalar tuziladimi?
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida mavjud taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yangi talablarga muvofiq inventarizatsiya qiliş böyiça maxsus işçi guruhlarini tuziş közda tutilgan.
Inventarizatsiya natijalariga köra komissiya quyidagilarni ta'minlaydi:
inventarizatsiya yakuni böyiça taşqi reklama obektlari (konstruksiyalari) ularni joylaştiriş böyiça amalda bölgan normativlarga mosligi töğrisidagi xulosani;
uşbu qaror talablariga mos kelmaydigan joylaştirilgan taşqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) pasportlarini, guvohnomalarini, qarorlarni va boşqa örnatiş huquqini beruvçi hujjatlarni, şu jumladan qalbaki hujjatlarni sud tartibida bekor qiliş.
Kim nimaga javob beradi?
Amaldagi qonunçilikka muvofiq Agentlik kontent uçun javob beradi, ya'ni, taşqi reklama vositalarida joylaştiriladigan reklama reklama töğrisidagi qonunçilik talablariga javob berişi kerak.
Butun dunyo böyiça, xususan MDH davlatlarida taşqi konstruksiyalarni örnatiş uçun ruxsat beriş bilan mahalliy hokimiyat organlari (meriyalar) yoki reklama masalalari böyiça alohida munitsipalitetlar şuğullanadi. Ular uşbu maqsadlarda davlat xazinasidan pul mablağlarini oladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi №702-sonli qarorining 1 bandiga muvofiq, taşqi reklamani joylaştiriş huquqini beriş böyiça şartnomalar tuzişni tuman (şahar) hokimliklari amalga oşiradi, taşqi reklamani joylaştiriş huquqini beriş uçun yiğimlarning 90 foizi tuman (şahar) budjetiga yönaltiriladi.
Prezidentning 2018 yil 17 avgustdagi PQ-5515-sonli “Toşkent şahrida boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş böyiça huquqiy eksperiment töğrisida”gi farmoniga muvofiq (3-ilovasi), Toşkent şahar hokimiyatining tugatilgan reklama-axborot komissiyasining funksiyalari Toşkent şahrining Boş quriliş boşqarmasiga berilgan.
Toşkent şahrida taşqi reklama vositalarini joylaştiriş va uni nazorat qiliş Toşkent şahar hokimiyatining Reklama-axborot faoliyati böyiça komissiya tomonidan amalga oşiriladi.
Avval konstruksiyalar qanday örnatilar edi?
Özbekiston Respublikasi “Reklama töğrisida”gi Qonuning 20 moddasiga muvofiq, taşqi reklamani joylaştiriş tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan öz vakolatlari doirasida belgilanişi körsatilgan. Xususan, Toşkent şahrida mazkur Tartib hokimning 2007 yil 26 dekabrdagi №1148-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Uşbu Tartibga muvofiq, taşqi reklama konstruksiyasi reklama joyini texnik-hujjat pasportini tayyorlaş va kelişiş uçun eng kam oylik iş haqining bir barobari miqdorida haq tölangandan söng (3.1.3 bandning ikkinçi xatboşi) joylaştirilgan. Ya'ni, reklama konstruksiyasini joylaştiriş uçun sub'yekt 202,0 ming söm tölagan (bugungi kun hisobida).
Auksionlarda qanday “joylar” sotuvga qöyiladi?
Birinçidan, auksionda faqat yangi joylar sotiladi, eski joylar auksionga qöyilmaydi, ya'ni, 2018 yilning 1 dekabri holatiga qonuniy örnatilgan konstruksiyalar bundan mustasno.
Ikkinçidan, auksion iştirokçisi qanday körinişdagi konstruksiyalarni örnatiş huquqiga egaligini oldindan biliş imkoniyatiga ega.
Uçinçidan, barça konstruksiyalar, şu jumladan svetdiodli (led) ekranlar yöl harakati xavfsizligi qoidalariga javob berişi va tumanlar (şaharlar) aholisini hordiq çiqarişiga xalaqit bermasligi kerak.
Reklama eskiziga ruxsat oliş kerakmi?
Ötgan yilning iyun oyidan e'tiboran, taşqi manbalarga reklamani joylaştiriş heç qanday kelişuvlarsiz amalga oşirilmoqda. Buning uçun ruxsat oliş taklifi aynan Qömita tomonidan berilgan bölib, maqsad – reklama bozorida raqobatni rivojlantiriş bölgan. Ma'lumot uçun, bugungi kunga kelib, reklamani tarqatiş uçun bitta ham ruxsat olinmagan. Faqat taşqi reklama eskizlariga davlat va nodavlat organlarining vakolatli mutaxassislari tomonidan “ruxsat” olgan. Ba'zi holatlarda reklama qilinayotgan şaxslarni tekşiriş maqsadida uşbu eskizlar oylab uşlab turilgan.
Transport vositalaridagi reklama tartibga solinadimi?
Özbekiston Respublikasi “Reklama töğrisida”gi Qonunining 21 moddasiga muvofiq, reklama transport vositalarida, şu jumladan, metropolitenda faqat ularning egalari yoki mulkdorlari bilan kelişilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yöl harakati qoidalariga muvofiq joylaştirilişi mumkin.
Ya'ni, transport taşqi reklama obekti hisoblanmaydi – sababi u doimo harakatlanadi, taşqi reklama esa faqat barqaror (harakatlanmaydigan) joylarda joylaştiriladi.












