Pokistondagi eng yirik muxolifatçi partiya bölgan "Jamoat ulamoi Islomi" yetakçisi Fazl-ur-Rahmon butun mamlakat böylab norozilik namoyişlari boşlanişi haqida e'lon qildi.

"Biz Islomoboddagi 13 kunlik ötirgan holatdagi norozilik namoyişini yakunlaymiz. Buning örniga butun mamlakat böylab norozilik namoyişlarini boşlaymiz", dedi. Rahmon şuningdek, muxolifat boş vazir Imron Xon iste'foga çiqmaguniga qadar namoyişlarni davom ettirişini ta'kidladi.

Uning sözlariga köra, namoyişçilar Kvetta - Çaman trassasini tösib qöyişgan.

"Ertadan Panjob va Sindni boğlovçi yöl hamda boşqa avtotrassalar tösiladi", - deb qöşib qöydi u.

27 oktyabrda "Jamoat ulamoi Islomi" partiyasi tarafdorlari boşqa yirik muxolifat birlaşmalari bilan birgalikda Pokistonning turli şaharlaridan Islomobod tomon yöl olişdi. Ular 1 noyabr kuni Islomobodga yetib kelişdi. Taşkilotçilar boş vazirning iste'fosini talab qilib, ötirgan holda namoyiş ötkazişni boşlaşgandi.