Ustyurt hududida, Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumani Quyi Surgil konida №15 raqamli quduq işga tuşirildi. «ERIELL Group» kompaniyasi uzunligi 670 m, diametri 108×6 mm bölgan gaz quvurini şleyfi qurilişini bajardi. Quduq burğilandi va Quyi Surgil gaz yiğiş punktiga ulandi.
Burğilaş işlari 2017-2021 yillar uçun möljallangan uglevodorod xom-aşyosini qazib oliş hajmini oşiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi böyiça amalga oşirildi.

«Barça işlar rejaga muvofiq olib borildi. Natijada mutaxassislarimiz №15 raqamli quduqqa gaz ötkaziş quvurini gaz yiğiş punktiga muvaffaqiyatli uladilar» – deya izohladilar «ERIELL Group» burğilaş departamentida.
– Barça işlar belgilangan muddatlarda tugallandi va bu buyutmaçilar uçun juda muhim. Bunga loyihaga jalb qilingan xodimlarning hamjihatlikda işlaşi va barça reglamentlarga qat'iy amal qilinişi tufayli erişildi, - qöşimça qilindi Departament tomonidan.
Oldin xabar berilganidek, 6 noyabr kuni Quyi Surgil konidagi №15 raqamli quduqdan sutkasiga 1 mln kubometr gaz qazib olingandi.
«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati












