Toşkentda Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan madaniy-köngiloçar va sport tadbirlari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, uşbu tadbirlar vaqtida ayrim köçalardagi harakatlaniş vaqtinça çeklanadi.
17 noyabrda:
Içki işlar boş boşqarmasi va Milliy gvardiya boşqarmasi harbiy otliqlar otryadlarining Özbekiston davlat bayroği marşi ötkazilişi munosabati bilan soat 11:00dan soat 12:00gaça A.Temur xiyoboni aylanma yöli; Amir Temur şoh köçasidan I.Karimov köçasi böylab Furqat va Bunyodkor köçalari kesişgan çorrahagaça bölgan qismi;

Havaskor velosportçilar uyuşmasi va köngillilar iştirokida Yaşnobod tumanidagi flagştok örnatilgan maydondan Xalqlar döstligi maydonigaça bölgan masofada velosportçilarning Özbekiston davlat bayroği marşi ötkazilişi munosabati bilan soat 11:00 dan 12:00 gaça Maxtumquli va Yangi bozor köçalari kesişmasidan Maxtumquli köçasi böylab Movaraunnahr köçasigaça bölgan qismi; Movaraunnahr köçasidan Abdulla Qodiriy köçasi böylab Abay köçasigaça bölgan qismi; Abay köçasidan Olmazor köçasi böylab Islom Karimov köçasigaça bölgan qismi;

“Davlat bayroği – faxrim, ğururim!” şiori ostida Oybek va Nukus köçalari kesişmasidan “Humo arena” muz saroyigaça bölgan oraliqda ommaviy yuguriş marafoni ötkazilişi munosabati bilan soat 15:00 dan 17:00 gaça Oybek va Nukus köçalari kesişmasidan Oybek va Afrosiyob köçalari böylab Beşyoğoç köçasiga bölgan qismi; Beşyoğoç köçasidan “Humo arena” muz saroyigaça bölgan qismi.













