Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In 18 noyabrda mamlakat harbiy-havo kuçlari va havo hujumiga qarşi mudofaa kuçlarining maşğulotlariga taşrif buyurib, uruşga tayyorgarlik darajasini oşiriş zarurligini ta'kidlab ötdi. 

Kim Çen In Janubiy Koreya va AQŞ Pxenyanni yadroviysizlaş böyiça muzokaralarga qaytişga undaş maqsadida birgalikdagi maşğulotlarini bekor qilganining ertasi kuniyoq desantlarning taşlanişi maşğulotlariga boşçilik qildi.  

“Uşbu vaziyatdagi kabi maşğulotlar va tekşiruvlar ötkaziş lozim: Koreya xalq armiyasi bölinmalari tayyorligini oşiriş imkoniyati sifatida ogohlantirişsiz, uruşni imitatsiya qiluvçi qat'iy şaroitlarda”, deb aytgan Kim Çen In va harbiylarning natijalaridan mamnuniyat bildirgan. 

Pentagon rahbari Mark Esper 17 noyabrda Şimoliy Koreya bilan munosabatlarni yaxşilaş jarayonini qöllab-quvvatlaş maqsadida AQŞ va Janubiy Koreya noyabr oxiriga belgilangan birgalikdagi maşğulotlarni bekor qilişini ma'lum qilgandi. AQŞ prezidenti Donald Tramp esa Kim Çen Inni yadroviysizlaş böyiça bitimni “tezda” tuzişga çaqirgan va u bilan yaqin orada körişişga va'da bergan.