Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiy örtasida respublikada muzokaralar ötkazilişi böyiça rasmiy taklifnomalar yubormagan. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Muxtor Tleuberdi 18 noyabr kuni jurnalistlarga bergan bayonotida aytib ötdi.
Uning aniqlik kiritişiça, Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan ilgari surilgan taşabbus ekspertlar darajasidagi munozaralarni öz içiga oladi. Bu haqda TASS yozmoqda.
«Yöq, rasmiy hujjatlar bölmagan», - dedi Tleuberdi TIV Rossiya va Ukraina prezidentlarining Qozoğistonda bölib ötişi mumkin bölgan uçraşuvi borasida hujjatlar yuborgani haqidagi savolga javob qaytarib.
«Siz tuşunişingiz kerakki, Elboşi (Nursulton Nazarboyev) bu haqda «Astana klubi»da gapirdi, «Astana klubi» esa bu şunçaki muhokama qilinadigan mavzu ekanligini anglatadi. Ya'ni, bu rasmiy taklif yoki rasmiy pozitsiya emas», - deya tuşuntirdi vazir.
Eslatib ötamiz, Qozoğiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy örtasida uçraşuv ötkazişni taklif qilgani haqida aytgandi.
Uning sözlariga köra, Ukraina prezidenti bunga rozi bölgan, Rossiya rahbari esa könmagan.
«Men janob Zelenskiy bilan uçraşdim va uni eşitdim. Kuni keça Putin bilan gaplaşdim. Menimça, Rossiya va Ukraina prezidentlarining alohida uçraşuvini taşkillaştiriş kerak. Faqat şundagina muammoga yeçim topsa böladi. Sababi, bu boşqa davlatlar bilan emas, balki ikki davlat örtasida hal qilinişi kerak. Ular boşqa bir sababga köra aralaşmoqda. Men şunçaki yuzma-yuz uçraşiş imkoniyati haqida gapirdim», - deya Nazarboyevning sözlarini keltirgan Zakon.kz.












