Özbekiston Respublikasi prezidenti “Neft va gazgeologiya-qidiruv işlarini taşkil etiş va olib boriş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va “Özbekneftgaz” AJning Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasiga quyidagi funksiyalarni topşiriş töğrisidagi takliflari qabul qilindi:

yangi uglevodorod xomaşyosi konlarini oçiş uçun neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini aniqlaş va tayyorlaşga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlaş, geofizik va burğilaş işlarini olib boriş;

respublika uglevodorod xomaşyosi zaxiralarini jadal rivojlantiriş va qayta tiklaş, yangi uglevodorod xomaşyo konlarini oçişni ta'minlaşga yönaltirilgan geologiya-qidiruv işlari samaradorligi va natijadorligini oşiriş işlarini taşkillaştiriş.

“Özbekneftgaz” AJ 2019 yil yakuniga qadar Davlat geologiya qömitasiga ilmiy-tadqiqot va geofizik işlarini olib borişning amaldagi loyihalari töğrisidagi ma'lumotlarni hamda barça mavjud istiqbolli maydonlar, investitsiya bloklari va uglevodorod xomaşyosi konlari böyiça fond va boşqa materiallarni taqdim etadi.

Belgilab qöyilişiça:

2020 yildan boşlab neft va gaz mineral-xomaşyo bazasini rivojlantiriş va qayta tiklaş yillik davlat dasturlari Davlat geologiya qömitasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelişilgan holda işlab çiqiladi va tasdiqlanadi;

neft va gaz mineral-xomaşyo bazasini rivojlantiriş va qayta tiklaş yillik davlat dasturlari doirasida yetakçi xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarini jalb etgan holda, geologiya-qidiruv işlarini taşkil qilişning xalqaro standartlarini tatbiq etiş çoralari amalga oşiriladi;

neft va gaz böyiça ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlaş, geofizik va burğilaş işlari hamda zamonaviy uskunalar, ilmiy hajmdor texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar, maxsus va avtotransport texnikalari bilan jihozlaş çoralari neft va gaz mineral-xomaşyo bazasini rivojlantiriş va qayta tiklaş yillik davlat dasturlarida közda tutiladi va Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan Davlat geologiya qömitasining asoslangan hisob-kitoblari asosida moliyalaştiriladi;

neft va gaz mineral-xomaşyo bazasini rivojlantiriş va qayta tiklaş yillik davlat dasturlari doirasida Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobiga burğilanib, qurilişi yakunlangan quduqlar ularni Davlat geologiya qömitasi va uning taşkilotlari tomonidan yer qa'ridan muayyan foydalanuvçilarga berilguniga qadar soliqqa tortiş obekti hisoblanmaydi.

Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat geologiya qömitasining “Özbekneftgaz” AJ va “Özburğuneftgaz” AJning “Özbekgeofizika” AJ hamda “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJning ustav kapitallaridagi uluşlarini Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga ötkaziş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Moliya vazirligi, Agentlik va Davlat geologiya qömitasi bilan birgalikda 2020 yilning 1 iyuliga qadar geologiya-qidiruv xizmatlari sohasi va uşbu tarmoqdagi raqobat darajasini örgangan holda Davlat geologiya qömitasi tarkibiga kiruvçi davlat korxonalarini Agentlikka aksiyador (ta'sisçi va iştirokçi) huquqini beriş orqali qayta taşkil etişni ta'minlaydi.

Davlat geologiya qömitasi Agentlik va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda har bir davlat korxonasini qayta taşkil etiş böyiça tadbirlar rejasini ularning aniq muddatlari va mas'ul ijroçilarini körsatgan holda işlab çiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oşirilişini ta'minlaydi.

Belgilanişiça, “Özbekgeofizika” AJ, “Neft va gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti” AJ hamda qayta taşkil etilayotgan davlat korxonalari öz faoliyatini Davlat geologiya qömitasining taşkiliy tuzilmasi tarkibida amalga oşiradi.